2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Xalq roziligi — faoliyatimiz mezonidir

Prezidentimizning Samarqand viloyatidagi Xalq qabulxonalariga joriy yilning 6 oyi davomida 10 ming 61 ta murojaat kelib tushgan boʻlib, ularda 11 mingga yaqin masalalar koʻtarilgan. Bu murojaatlarning 6 ming 640 tasi ijobiy hal qilinib, 1 ming 910 ta masalaga tushuntirishlar berilgan boʻlsa, qolganlari koʻrib chiqish jarayonida.

Aniq misollarga oʻtsak. Kattaqoʻrgʻon tumanidagi 50-umumtaʼlim maktabi 420 oʻrinli boʻlsada, oʻquvchilar soni 780 nafardan oshib ketgan. Sinfxonalar yetishmasligi, tabiiyki, oʻqituvchilar uchun ham, oʻquvchilar uchun ham oʻziga xos muammolarni keltirib chiqarib, taʼlim sifatiga salbiy taʼsir koʻrsatayotgan edi. Hudud aholisi murojaatlaridan soʻng, bu masala sektor rahbarlari bilan birga oʻrganildi, kengashildi. Natijada bu masala taklifga aylanib, tegishli dasturlarga kiritildi, uning moliyaviy asosi paydo boʻldi.

Ayni paytda bu yerda dastur asosida qiymati 980 million soʻmlik 120 oʻrinli qoʻshimcha bino qurilishi boshlandi. Qoʻshimcha bino 8 ta yangi sinfxona, faollar zalini oʻz ichiga oladi, bu bilan oʻquvchi sigʻimi bilan bogʻliq masala hal qilinadi.

Pastdargʻom tumani markazidan 25 kilometr olisda, Nurobod tumani bilan chegaradosh hududda joylashgan Elbek, Sarikoʻl, Kanalyoqa va Umakay mahallalari aholisini ham shunga oʻxshash masala oʻylatib kelardi. Sababi toʻrt mahalladagi 475 nafar oʻquvchi 10-sonli umumtaʼlim maktabga qatnashar, maktabdagi sharoitsizlik esa zamonaviy taʼlim berishga xalal qilayotgan edi. Aholi murojaatidan bu yerda ham tegishli dasturlar asosida 1968-yilda dala shiyponi oʻrnida tashkil qilingan maktab binosini taʼmirlash, oʻquvchilar uchun munosib sharoitlar yaratishga kirishildi. Buning uchun dastur asosida 2 mlrd 850 million soʻm mablagʻ ajratildi va uch qavatdan iborat 360 oʻrinli zamonaviy maktab binosi qurib berildi.

Ayni kunlarda Oqdaryo tumani “Pichoqchi” mahallasidagi 30-umumtaʼlim maktabi pedagogik jamoasining taʼlim muassasasi binosini kapital taʼmirlash boʻyicha murojaati ham hal etilib, maktab bosh-oyoq rekonstruksiya qilinmoqda.

Hudud aholisining mahalla markazi binosini taʼmirlash masalasidagi murojaati ham Xalq qabulxonasi tomonidan nazoratga olinib, tegishli dasturlarga kiritildi. Mazkur dastur asosida mahalla markazi uchun barcha qulayliklarga ega bino qurilib, foydalanishga topshirildi.

Samarqand tumani Qoʻshtamgʻali mahallasi aholisi esa ichimlik suvi taʼminotidagi masalalarga yechim soʻrab murojaat qilishgandi. Bu masala ham masʼullar bilan birga joyiga chiqib oʻrganildi. Shundan soʻng mahalliy dastur asosida taʼmirlash ishlari bajarilib, xonadonlarga obi-hayot kirib keldi.

Payariq tumani Birlashuv mahallasida yashovchi Dilorom Ashurova ham toza ichimlik suvi muammosiga yechim soʻragandi. Oʻrganishlar hududdagi Qiyra, Qorakamar, Toʻrtkoʻl va Birlashuv qishloqlaridagi 787 ta xonadonning yetmish foizdan ortigʻi ichimlik suvi tarmogʻiga ulanmaganini koʻrsatdi. Murojaat taklifga, taklif loyihaga, loyiha esa dasturga aylandi. Ayni paytda Dilorom Ashurova murojaatidan soʻng mahallada ikkita suv inshooti qurilishi va 21 km suv tarmogʻini tortish ishlari boshlab yuborildi. Mutaxassislarning aytishicha, loyiha qiymati –qariyb 7 mlrd soʻm boʻlib, bu 540 ta xonadonga obodlik kirib keladi.

Murojaatlar asosida tadbirkorlik, mehnat va bandlik, mahalla, oila, xotin-qizlar yoʻnalishiga oid masalalarni hal qilishga ham katta eʼtibor qaratilmoqda. Aytaylik, Qoʻshrabotning “Yangiqishloq” mahallasida “Ayollar daftari”ga kiritilgan Yulduz Isroilovaga, murojaatidan soʻng oʻz tomorqasida issiqxona qurish uchun kredit ajratildi. Yoxud Ishtixonning “Katta qangʻli” mahallasida yashovchi Goʻzal Aliqulova, “Xonaqa” mahallasida istiqomat qiluvchi Ilhom Jozilovning ham kam foizlik imtiyozli kredit olish uchun bilan bogʻliq masalalari hal qilib berildi.

Qoʻshrabot tumani Sohibkor mahallasida yashovchi Nargiza Ochilovaning murojaati ham ijobiy hal etildi. 5 nafar farzandni tarbiyalab voyaga yetkazayotgan bu ayolning turmush oʻrtogʻi bosh miya operatsiyasini boshdan oʻtkazgandan soʻng mehnatga layoqatini yoʻqotadi. Ikki nafar farzandi talaba boʻlgach roʻzgʻor xarajatlari koʻpayib, turmush oʻrtogʻini davolatishga mablagʻ topa olmagan Nargiza Ochilova ayni masalada yordam soʻrab murojaat qildi. Mutasaddilar bu masalani joyiga chiqib oʻrgangach, bemorga amaliy yordam koʻrsatilib, sogʻligʻini tiklab olishiga koʻmaklashildi.

Tumanning “Mayintepa” mahallasi hududida joylashgan “Kamarovul” qishlogʻida istiqomat qilayotgan Rayhona Shukurova 2022-yilning 1-martida Toshkentda akademik Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida jarrohlik amaliyotini boshdan oʻtkazdi. Tugʻma yurak nuqsoni bilan bolaligidan kurashib kelayotgan bu qizning darddan forigʻ boʻlib, sogʻayib ketishida Xalq qabulxonasi amaliy yordam koʻrsatdi.

Oqdaryo tumani “Navroʻz” mahallasida yashovchi Matluba Umirovaning uch farzandi bor. “Ayollar daftari”da roʻyxatda turuvchi bu ayolning murojaatidan soʻng uning uyi taʼmirlab berildi.

Ishtixonlik Nodira Hamroyevaning boquvchisini yoʻqotgani, 5 farzandini yolgʻiz oʻzi ulgʻaytirayotgani, koʻp yillardan buyon ijarada yashab kelayotgani inobatga olinib, yolgʻiz ayol ijtimoiy uyga joylashtirildi.

Muxtasar aytganda, Samarqand viloyatida ham har bir murojaat sinchiklab oʻrganilishi koʻplab muammolarning hal boʻlishiga zamin yaratmoqda. Masʼullarning joylarga chiqib aholi bilan bevosita muloqot qilishi xalqning hayotiy muammolarini tezkorlik bilan hal etish imkonini bermoqda, bu esa pirovardida odamlarning davlatga, adolat va qonun ustuvorligiga, ertangi kunga ishonchini yanada mustahkamlamoqda.

07.08.2022

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar