
Prezidentimiz tashabbusi bilan pandemiya vaqtida aholining ijtimoiy qiynalgan qismini, ko‘p farzandli oilalar, nogironligi bor, doimiy ish joyini yo‘qotgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash, ularni dori-darmon va kundalik oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash maqsadida "Mahalla" xayriya jamoat fondi uning hududiy bo‘limlari huzurida tashkil etilgan “Saxovat va ko‘mak" jamg‘armasi fuqarolarning ko‘makchisiga aylangan.
Birgina, "Mahalla" xayriya jamoat fondi Sirdaryo viloyat boshqaruvi uning tuman va shahar bo‘linmalari huzurida tashkil etilgan "Saxovat va ko‘mak" jamg‘armasi hisobidan joriy yilning olti oyi mobaynida 593 ming 566 nafar fuqaroga 12 milliard 508 million so‘mlik yordam ko‘rsatildi.
Bundan tashqari jamg‘armadan Boyovut tumanidagi "Yangi hayot" va "Qaropchi" mahalla fuqarolar yig‘iniga 139 million so‘mlik kompyuter va mebellar jamlanmasi olib berildi.
– Bunday misollarni ko‘plab keltirish mumkin, – deydi "Mahalla" xayriya jamoat fondi Sirdaryo viloyat boshqaruvi raisi Bahodir To‘xtasinov. – Masalan, sog‘ligida muammosi bor, davolanishga muhtoj, ammo imkoniyati yo‘q xovoslik fuqaro yordam so‘rab, xalq deputatlari Xovos tuman Kengashiga murojaat qilgandi. Uning murojaati javobsiz qolmadi. Qisqa fursatda Kengash qarori chiqarildi. Unga davolanish va sog‘ligini tiklab, o‘z oilasi bag‘riga qaytishi uchun "Mahalla" xayriya jamoat fondi Sirdaryo viloyat boshqaruvi, uning Xovos tuman bo‘linmasi huzurida ochilgan "Saxovat va ko‘mak" jamg‘armasi hisobidan 20 million so‘m pul mablag‘i ajratib berildi. Natijada u ushbu pul mablag‘i hisobiga davolash profilaktika muassasasida davolanib, o‘z oilasi bag‘riga qaytdi. Bundan nafaqat u, uning yaqinlari ham birdek xursand.
"Saxovat va ko‘mak" jamg‘armasi fuqarolar uchun ko‘makchiga aylanib ulgurdi.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |