
Andijonda “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida "Open air" mega shou-konserti bo‘lib o‘tdi.
Mamlakatimizda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning puxta bilim olishi, kasb-hunar o‘rganishi, umuman, o‘z salohiyatini to‘laqonli yuzaga chiqarishi uchun keng imkoniyatlar yaratib berilmoqda.
Jumladan, Andijon viloyatida ham yoshlar bilan ishlash borasida tizimli ishlar olib borilmoqda. Bugun Andijon viloyati aholisining qariyb 60 foizga yaqinini 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar tashkil etadi. Butun mamlakatda bo‘lgani kabi Andijonda ham yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, intellektual salohiyatini yuksaltirish, bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, shuningdek, ularni qiynayotgan muammolarni bartaraf etish, bandligini ta’minlash, yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Qariyb 150 ming nafar andijonlik yoshlar ishtirok etgan "Open air" mega shou-konserti ochilishi oldidan Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov ishtirokchilarni yaqinlashib kelayotgan Yoshlar kuni bayrami bilan muborakbod etdi.
Yoshlarni mamlakatimizda Prezidentimiz tashabbusi bilan yaratib berilayotgan keng imkoniyatlardan samarali foydalanishga, yaxshi o‘qish, kasb-hunar o‘rganish, o‘zi tanlagan sohaning fidoyisi bo‘lish orqali Vatan ravnaqiga o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shishga chaqirdi.
– Yurtimiz, andijonlik yoshlarni ta’lim, sport, san’at, qo‘yingki, har jabhada faol va ilg‘or bo‘lishga chaqiraman, – deydi viloyat hokimi Sh. Abdurahmonov. – Ishonamanki, ana shu faol va ilg‘orligingiz, bilim hamda salohiyatingiz bilan Yangi O‘zbekistonni yanada taraqqiy etishiga munosib hissa qo‘shasiz. Viloyat hokimi “Yoshlar oyligi” doirasida o‘tkazilgan tanlov va loyihalar, shuningdek, alohida yutuqlarga erishgan bir guruh yoshlarni 50 million so‘mdan 500 million so‘mgacha bo‘lgan miqdordagi pul mukofotlari bilan taqdirladi.
– Yoshlar oyligi doirasida o‘tkazilgan 192 ta loyiha va tanlovlarda yoshlar faol ishtirok etdi, – deydi Yoshlar ishlari agentligi Andijon viloyati boshqarmasi boshlig‘i Oybek Yuldashev.
– Qariyb 1 million nafardan ziyod yoshlarni jalb etgan mazkur tadbirlar yoshlarni yanada faol, Vatan ravnaqi yo‘lida fidoyi bo‘lishga xizmat qildi. Yurtimizning mashhur san’atkorlari, estrada yulduzlari ishtirokida, o‘ziga xos dasturlar asosida o‘tgan "Open air" mega shou-konserti yoshlarda unutilmas taassurotlar qoldirdi.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |