Shavkat Mirziyoyev
“Oʼzbekiston — 2030” strategiyasi mamlakatning barqaror va inklyuziv rivojlanishini taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan va Oʼzbekistonning uzoq muddatli rivojlanish yoʼnalishlarini belgilaydi.
Jizzaxda hokimlar bitiruvchilar bilan uchrashmoqda

Jizzax viloyatining shahar va tuman hokimlari umumta’lim maktablari bitiruvchi sinf o‘quvchilari bilan uchrashuvlar o‘tkazmoqda.

Jumladan, Do‘stlik tumani hokimi Shavkat Darvishev sektorlar rahbarlari hamrohligida “Navro‘z”, “Bog‘zor”, “Qahramon” mahalla fuqarolar yig‘inlari hududidagi umumta’lim maktablarini tamomlayotgan bitiruvchi yoshlar bilan uchrashdi.

Tadbirda keyingi yillarda mamlakatimizda yoshlarning bilim olishi, yosh iqtidor egalarining iste’dodini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan davlat siyosati haqida so‘z bordi.

– Biz yoshlarimizni bilimli, ertangi kunimizning munosib egalari bo‘lib kamol topishida bor imkoniyatlarimizni ishga solamiz, – deydi tuman hokimi Shavkat Darvishev. – Ularni har jihatdan qo‘llab-quvvatlashga tayyormiz. Har biringizni, endigina qadam tashlayotgan mustaqil hayotda o‘z o‘rningizni topishingiz uchun barcha choralarni ko‘ramiz.

Mazkur tadbir yakunida namunali xulqi, turli madaniy-ma’rifiy tadbirlarda faol ishtirok etgani, shuningdek, maktab hayotida “O‘zini-o‘zi rivojlantirish” tamoyili asosida o‘zidan munosib iz qoldirgani uchun bir guruh o‘quvchi yoshlarga tuman hokimining tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Viloyatdagi boshqa shahar va tumanlarda ham hokim va bitiruvchi yoshlarning uchrashuvlari davom etmoqda.

28.06.2022

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Суғурта фаолиятиПрезидент почтаси19 Sentabr 202427 Sentabr 2024Farg`ona viloyati
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Пиллачилик соҳасига оид масалаларИшонч телефони26 Iyun 20243 Iyul 2024Andijon viloyati
Электр таъминотидаги узилишларИшонч телефони28 Iyun 202419 Iyul 2024Sirdaryo viloyati
Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланишиИшонч телефони1 Iyul 202419 Iyul 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar