2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Faxriylarga ehtirom ko‘rsatildi

Buxoroda “Faxriylar va nuroniylar e’zozimizda” mavzusida ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Prezidentimizning 2022 yil 15 martdagi “Nuroniylarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning turmush darajasini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida tashkil etilgan tadbirda uzoq yillar jamiyatimiz va davlatimiz rivoji yo‘lida astoydil mehnat qilgan zamondoshlarimiz, ularning oila a’zolari, milliy madaniy markazlar vakillari, xorijlik mehmonlar, yoshlar, mahalla faollari hamda keng jamoatchilik vakillari qatnashdi.

Keksalarni hurmat qilish, ularga e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish jamiyatimizning o‘ziga xos yuksak ma’naviy, madaniy belgisiga aylangani alohida e’tirof etildi. Ta’kidlanganidek, xalqchil islohotlar natijasida viloyatimizdagi barcha 202 ming nafarga yaqin keksa avlod vakillari, jumladan, 20 ming nafardan ortiq nogironligi mavjud keksalar, 15 nafar Ikkinchi Jahon urushi faxriylari, 419 nafar mehnat fronti faxriylari, 24 nafar yuz yoshdan oshganlar bugun davlatimizning kafolatli ijtimoiy himoyasi ostida umrguzaronlik qilmoqda.

Joriy yilda “Nuroniy” jamg‘armasi viloyat bo‘limi mablag‘i hisobidan 81 nafar o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalar sanatoriylarga sog‘lomlashtirishga yuborildi. 27 nafar nogironligi bo‘lgan keksalar nogironlik aravachalari, 35 nafari eshitish moslamalari, 83 nafari qo‘ltiqtayoq va 103 nafari hassa bilan ta’minlandi. 15 nafar Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan 15 million so‘mdan Prezident mukofoti, 3 million so‘mdan viloyat hokimi pul mukofoti va 1 million so‘mdan “Nuroniy” jamg‘armasi viloyat bo‘limi mukofotlari taqdim etildi.

Shuningdek, hamkor tashkilotlar bilan birgalikda nuroniylarni yurtimizning so‘lim go‘shalari va ziyoratgohlariga sayohatlarini tashkil etish, teatr hamda boshqa madaniy tadbirlarga jalb etish, ular orasida sport musobaqalari tashkil etish tadbirlari ham uzviy davom ettirilmoqda. Tadbirda ko‘p yillar davomida viloyat ijtimoiy iqtisodiy hayotidagi samarali mehnati bilan davlatimiz e’tirofiga erishgan, viloyat faxri bo‘lgan O‘zbekiston Qahramonlari – Muyassar Temirova, Martiya Rahmatova, Azim Latipov, To‘ra Narziyev, Muhammad Ahmedov, shuningdek, Mehnat Qahramoni Istat Hasanova, shu bilan birga, bugun oramizda yo‘q fidoyi insonlar – O‘zbekiston Qahramoni Hazrat Obloqulov, mehnat Qahramonlari Sharif Ergashev, Muyassar Barnoyeva, Izzat Eliyev, turli yillarda viloyat hokimi bo‘lib ishlagan O‘ktam Barnoyev, Karim Kamolov, madaniyat va san’at namoyandalari Samandar Vohidov, Muhammad Rafiqov kabi o‘nlab fidoyi insonlarning nomlari chuqur hurmat bilan tilga olinib, ularning yaqinlariga ham ehtirom ko‘rsatildi.

Tadbir davomida nomlari alohida tilga olingan yurtdoshlarimiz hayoti va faoliyatidan hikoya qiluvchi lavhalar namoyish etildi.

– Xalqimizning bugungi baxtiyor, farovon hayoti mamlakatimizdagi tinchlik-osoyishtalik tufayli, – deydi O‘zbekiston Qahramoni Azim Latipov.– Ko‘p qiyin kunlarni boshimizdan o‘tkazdik. Hozir mustaqilligimiz tufayli xonadonimiz tinch, dasturxonimiz to‘kin, hayotimiz farovon. Buning qadriga yetish, asrab-avaylash yoshu keksa – barchaning burchi. Biz, faxriylarga ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rlik, farzandlarimiz kelajagi yo‘lida qilinayotgan olijanob ishlar uchun Yurtboshimizdan minnatdormiz.

Tadbir viloyat san’at ustalari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi bilan davom etdi. Uchrashuv tom ma’noda Vatan oldida qilingan xizmatlar hech qachon unutilmasligi, fidokorona va halol mehnat hamisha e’tiborda bo‘lishini jonli timsollarda isbotlab, o‘sib kelayotgan yigit-qizlarimizni o‘z bobo-buvilari bilan faxrlanish tuyg‘ularini yanada oshirishga xizmat qilganligi bilan ahamiyatli bo‘ldi.

Tadbirda Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov ishtirok etdi.

26.06.2022

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar