Shavkat Mirziyoyev
“Oʼzbekiston — 2030” strategiyasi mamlakatning barqaror va inklyuziv rivojlanishini taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan va Oʼzbekistonning uzoq muddatli rivojlanish yoʼnalishlarini belgilaydi.
Xayrullo Bozorov: “Har bir murojaat albatta, yechimini topadi”

Farg‘ona viloyatida rahbarlarning aholi bilan samarali muloqoti ko‘plab muammolarni hal etishda muhim omil bo‘lmoqda.

Ayniqsa, sayyor qabullar davomida har bir murojaat e’tiborga olinmoqda. Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, fuqarolar, tadbirkorlar va yuridik shaxslarni qabul qilib, arzini eshitdi. Qabul chog‘ida ular tomonidan ko‘tarilgan masalalarning aksariyati yechimini topdi.

Qo‘qon shahar “Toshhovuz” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi Umida Hasanova “Ayollar daftari” da turadi. Ikki nafar farzandi bilan ijarada yashaydi. Viloyat hokimi bilan bo‘lgan muloqotda imtiyozli uy-joy olishga ko‘maklashish yuzasidan yordam so‘radi va hal etiladigan bo‘ldi.

Farg‘ona shahar “Zarbdor” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yashovchi  Zuhra Isroilova turmush o‘rtog‘ining jarrohlik amaliyoti uchun yordam so‘rab murojaat qildi. Viloyat rahbari bepul jarrohlik amaliyotini o‘tkazish bo‘yicha tegishli muassasalarga topshiriq berdi. 

Beshariq tumanidagi “Chorbog‘to‘rong‘i” mahalla fuqarolar yig‘ini Mulkobod qishlog‘idan kelgan Otajon Rahmonov umumiy uzunligi 1,2 kilometr bo‘lgan ichki yo‘llarni asfaltlashda amaliy yordam so‘radi.  Mahalla faolining aytishicha, bu masala bo‘yicha tuman mutasaddilariga bir necha bor murojaat qilgan. Ammo 

–Olti yildan buyon murojaat qilmagan, bormagan eshigim qolmadi, – deydi sakson yoshni qoralab qolgan Otajon ota. – Hammasi va’da beradi, lekin amaliy ishdan darak yo‘q. Viloyatimiz hokimiga taklifim inobatga olinib, ochiq byudjet portaliga joylashtiriladigan bo‘ldi.

Farg‘ona shahar “Surxtepa” mahalla fuqarolar yig‘inidan mehnat faxriysi Ro‘zixon Burxonova mahalla qabristoni atrofini devor bilan o‘rash yuzasidan yordam so‘radi. Fuqaro murojaati bo‘yicha umumiy uzunligi 260 metr bo‘lgan devor qurilishi uchun zarur materiallar ajratish topshirig‘i berildi.

Qabul davomida viloyatning barcha shahar va tumanlaridan kelgan  yuzga  yaqin aholi vakillarining  bandlik, tadbirkorlik, bank krediti olish, uy-joy, moddiy yordam, subsidiyalar ajratish, tabiiy gaz, suv, elektr ta’minoti, tibbiy xizmat, ijtimoiy himoya, mahallalarni obodonlashtirish kabi masalalar yuzasidan murojaatlari ko‘rib chiqildi. Ularning aksariyati joyida ijobiy hal etildi. Yechimi topilmaydigan masala yo‘q. Viloyat hokimi barcha murojaatlar e’tiborsiz qolmasligini ta’kidladi.

 

22.06.2022

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Суғурта фаолиятиПрезидент почтаси19 Sentabr 202427 Sentabr 2024Farg`ona viloyati
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Пиллачилик соҳасига оид масалаларИшонч телефони26 Iyun 20243 Iyul 2024Andijon viloyati
Электр таъминотидаги узилишларИшонч телефони28 Iyun 202419 Iyul 2024Sirdaryo viloyati
Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланишиИшонч телефони1 Iyul 202419 Iyul 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar