Toshkent viloyatida aholi bilan yaqindan muloqot qilish, ularning muammolarini tinglash va hal etish maqsadida Parkent tumani "Qiziltog‘" qo‘rg‘onida yashovchi fuqarolar uchun ommaviy sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.
Viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Zoyir Mirzayev ishtirokida o‘tkazilgan ochiq muloqotlarda aholi sog‘liqni saqlash, moddiy-ko‘mak, uy-joy va maishiy turmush muammolari, kommunal xo‘jalik, bandlik, tadbirkorlik, kredit olishga doir qator masalalar bilan murojaat qildi. Shu bilan birga, muloqotda tibbiy xizmat, kredit ta’minoti, uy-joyga doir bir qancha masalalar ham o‘z yechimini topdi.
Xususan, "Oydin" mahallasida yashovchi Feruza Olimova ajrim natijasida uy-joysiz qolgani, xonadonini sobiq turmush o‘rtog‘idan qaytarib olishda muammolarga duch kelayotgani haqida aytib o‘tdi. Mazkur murojaat viloyat hokimi va tegishli tashkilot mutasaddilari ishtirokida atroflicha muhokama qilinib, Feruza opaga qonun talabidan kelib chiqib, amaliy yordam beriladigan bo‘ldi.
"Fayzobod" mahallasida yashovchi Zulayho Mingyasharovaning oilaviy sharoitini inobatga olib, viloyat hokimi 5 million so‘m pul mablag‘ini moddiy yordam sifatida ajratish yuzasidan tegishli ko‘rsatma berdi. Shuningdek, o‘g‘lini davolatish uchun amaliy yordam so‘rab kelgan Feruza Tursunboyevaga 12 million so‘m beriladigan bo‘ldi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Таълим кредити | Ишонч телефони | 8 May 2024 | 23 May 2024 | Xorazm viloyati |
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Тадбиркорлик фаолияти учун дастурлар асосида имтиёзли кредитлар (иссиқхона, чорва, парранда, балиқ, қуён, асалари, тикувчилик, боғдорчилик, ҳунармандчилик ва бошқалар) | Ишонч телефони | 9 Aprel 2024 | 19 Aprel 2024 | Andijon viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |