2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Keksalar va nuroniylar hamisha e’tiborda

Nuroniylarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning turmush darajasini oshirish borasida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar ijrosi tahlili qanday?

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida bo‘lib o‘tgan brifingda shu haqda so‘z bordi.

Davlatimiz rahbarining “Oila va xotin-qizlar bilan ishlash, mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi  farmoni bilan Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi nuroniylarning  manfaatlarini himoyalash  sohasidagi vakolatli davlat organi sifatida belgilandi.  

Prezidentimizning 2022 yil 15 martdagi “Nuroniylarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning turmush darajasini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi  qarori bu borada yanada muhim o‘zgarishlarni boshlab berdi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hamda tumanlar va shaharlarda tarkibiga 15 nafardan jami 3320 nafar tajribali, obro‘-e’tiborli keksalar jamlangan Nuroniylar jamoatchilik kengashlari tuzildi.

Mas’ul vazirlik va idoralar, ayniqsa, “Nuroniy” jamg‘armasi bilan yaqin hamkorlikda keksalarni har tomonlama  qo‘llab-quvvatlash, ularga e’tiborni kuchaytirish bo‘yicha mahalla darajasida tizim yaratildi.

Mas’ul vazirlik va idoralar hamkorligi yo‘lga qo‘yildi.

Davlatimiz rahbarining “Aholi muammolari bilan ishlashda mahalla institutining mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni bilan mahallalarda tashkil etilgan “Keksalar maslahati” guruhlari va “Buvijonlar maktabi” jamoatchilik kengashlariga 300 ming  nafarga yaqin ijtimoiy faol nuroniylar jalb etildi.

Ular tomonidan joriy yilda 144 ming  11 ta jamoatchilik va targ‘ibot, jumladan, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklar, oilaviy ajrimlarning oldini olishga qaratilgan tadbirlar tashkil etildi.

Tegishli vazirliklar bilan birgalikda har bir oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalariga 5 nafardan, maktablarga 3 nafardan nuroniylar, jumladan, faxriy o‘qituvchilar  biriktirilib, ular tomonidan o‘quvchilarning darslarda ishtirokini o‘rganish, amaliy ko‘maklashish, ota-onalar bilan muloqot qilish tajribasi joriy qilindi.

Umumta’lim maktablarida “Nuroniylar tarbiyaviy soati” tashkil etildi.  Nuroniylar jamoatchilik kengashlari  va “Keksalar maslahati” guruhlari tomonidan umumta’lim maktablarida o‘quvchilarning davomatlari bo‘yicha jamoatchilik nazorati o‘rnatish, sababsiz dars qoldirgan o‘quvchilarning ota-onalari bilan  tushuntirish-targ‘ibot ishlarini olib borish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi.  

Prezidentimizning “Yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi  hamda “Nuroniylarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning turmush darajasini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi  qarorlariga muvofiq, Yoshlar ishlari agentligi hamda Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi bilan  2 ta qo‘shma dastur ijroga qaratildi.

Yoshlar tarbiyasida nuroniylarning boy hayotiy tajribasidan unumli  foydalanish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, oilalar mustahkamligini ta’minlashda munosib ishtirok etayotgan keksalarni rag‘batlantirib borish maqsadida joylarda “Bir nuroniy o‘n yoshga mas’ul” tanlovi o‘tkazilishi belgilandi.

Tanlov Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Respublika “Nuroniy” jamg‘armasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida har yili bir marta ikki bosqichda o‘tkaziladi.

Tanlov nizomiga ko‘ra tuman va viloyat darajasida eng yuqori ko‘rsatkichga erishgan nuroniylar “Nuroniy” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 10 million so‘mgacha rag‘batlantiriladi. Ayni kunlarda hududlarda tanlovning sektor bosqichlari yakunlanib, tuman (shahar) bosqichlari o‘tkazilmoqda.              

Davlatimiz rahbarining “Nuroniylarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning turmush darajasini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” qarorida keksalarni qo‘llab-quvvatlashga oid chora-tadbirlar belgilangan.

Aprel oyida Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash, Moliya va Sog‘liqni saqlash vazirliklarining qo‘shma qarori qabul qilinib, ehtiyojmand keksalarni qo‘llab-quvvatlash va nuroniylarning turmush darajasini oshirishga doir chora-tadbirlarni “Nuroniy” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish, mablag‘ ajratish, xarajatlarini qoplash va kompensatsiya qilish bo‘yicha vaqtinchalik tartib tasdiqlandi.

Mahalla va nuroniylarni qo‘llab quvvatlash vazirligining hududiy boshqarmalari tomonidan sanatoriylarda bepul sog‘lomlashtirilishi rejalashtirilgan o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalar va yolg‘iz yashaydigan keksalarning; sharoiti og‘ir va kam ta’minlangan keksalarning; shuningdek, og‘ir tashxisli kasalliklari hamda nogironligi bo‘lgan 4 mingdan ortiq keksalarning ro‘yxati shakllantirildi.

Nuroniylarning jismoniy tarbiya va sport turlariga, shuningdek, teatr va muzeylarga bo‘lgan qiziqish va talablari o‘rganilib, mas’ul tashkilotlarga ma’lumot taqdim etib borilmoqda.

Mahallalarda aholiga ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatlar, maktablarda o‘quvchilarning darslarni o‘zlashtirishi, davomati, bandlikka ko‘maklashish markazlari tomonidan fuqarolarni ish bilan ta’minlash darajasi va boshqa davlat xizmatlarining ko‘rsatilishi bo‘yicha “Keksalar maslahati” guruhlari tomonidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatish bo‘yicha yo‘riqnoma tayyorlandi.

Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirining rahbarligi va bevosita ishtirokida viloyatlarda “E’tibor, e’zoz va ehtirom” tadbirlari o‘tkazilib, davlat va jamiyat hayotida faol ishtirok etib kelayotgan nuroniylar bilan bir qatorda, hududlarni  rivojlantirishda munosib xizmat ko‘rsatgan marhumlar xotirasiga hurmat bajo keltirilmoqda. bugungi kungacha markaziy va hududiy telekanallar bilan hamkorlikda 245 nafar ana shunday insonlarning ibratli hayot yo‘li haqida qisqa metrajli filmlar tayyorlanib, tadbirlar davomida namoyish etildi.

Barcha mahallalarda davlat va jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shgan, obro‘-e’tiborli keksalar ishtirokida “Keksa avlod uchrashuvlari” tadbirlari o‘tkazilmoqda.

16.06.2022

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar