2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Surxondaryoliklar ko‘targan muammolar qanday hal etilmoqda?

Respublika ishchi guruhi ko‘plab masalalarni joyiga chiqib o‘rganmoqda va shu asnoda ularning yechimi ham topilmoqda.

Shu maqsadda Respublika ishchi guruhining navbatdagi faoliyat manzili Surxondaryo viloyati bo‘ldi.

Prezidentning Fuqarolar huquqlarini himoya qilish va murojaatlar bilan ishlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi boshchiligidagi ishchi guruhi tarkibidan o‘rin olgan Xalq qabulxonalari, Vazirlar Mahkamasi, Oliy sud, Sudyalar oliy kengashi, Bosh prokuratura, o‘ttizga yaqin vazirlik, qo‘mita va tashkilotlar rahbarlarining ommaviy qabullari Termiz shahridan 90 kilometr masofadagi Qumqo‘rg‘on tumanining «Yangiyer» mahallasidan boshlanib, viloyat markazidan 120 kilometr olisdagi Denov tumanining «Istiqbol» mahallasida davom etdi.

Asosan Qumqo‘rg‘on, Bandixon, Sho‘rchi, Denov va Oltinsoy tumanlaridan kelgan yurtdoshlarimiz bilan bevosita muloqotlarda har bir masala vertikal tizimda – respublika, viloyat va tumanlar mas’ullari ishtirokida sinchiklab ko‘rib chiqildi.

Aytaylik, qumqo‘rg‘onlik tadbirkor Ozoda Erdanova Sog‘liqni saqlash vazirligi mas’ullariga tumanning «Jaloyir» mahallasida davlat-xususiy sherikchiligi asosida xususiy klinika tashkil qilishni taklif qildi. Bu masala har tomonlama o‘rganib chiqilgach, bitim imzolashga va shu asosda Qumqo‘rg‘on tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli 101-oilaviy shifokorlik punktining foydalanilmayotgan hududidan 4 sotix yer maydoni ajratishga kelishib olindi.

Denovlik hunarmand Surayyo Norovaning faoliyatini kengaytirish bilan bog‘liq murojaati o‘rganilgach, unga o‘zi yashayotgan «Cho‘ntosh» mahallasidan bo‘sh turgan bino ajratilib, hududdagi 10 nafar xotin-qiz shogird sifatida biriktirildi.

Denov tumani «Buyuk kelajak» mahallasida yashovchi Ashurboy Karimovning «O‘zsuvta’minot» aksiyadorlik jamiyati mas’ullariga murojaatidan so‘ng hududdagi ichimlik suvi ta’minoti bilan bog‘liq masalaga ham yechim topildi.

Gap shundaki, bu mahalladagi 14 ming nafardan ziyod aholiga obi-hayot yetkazib beruvchi nasos ta’mirtalab ahvolda ekan. O‘rganishlardan so‘ng hozircha nasos ta’mirlanib, ishga tushiriladigan, tez orada esa butkul yangilab beriladigan bo‘ldi.

Denov tumani «Namuna» mahallasida yashovchi 70 yoshli Mahkam ota Aliqulov ham hududdagi 3 km. ko‘chani tosh yo‘lga aylantirib berishlarini so‘radi. Bu murojaatdagi barcha masala aholi bilan birga o‘rganilib, kengashildi va yechim ham birga topildi. Shu asosda zarur texnikalar jalb qilinib, «Namuna» mahallasi ko‘chalarini namunali yo‘lga aylantirishga kirishildi.

«Ommaviy qabullar uch oyligi» doirasidagi muloqotlar davomida sud-huquq, ichki ishlar, kredit ajratish, qurilish, ta’lim, sog‘liqni saqlash, mahalla, oila va xotin-qizlar masalalariga oid qator murojaatlar ham hal qilindi.

Deylik, sho‘rchilik Toshbibi Cho‘tmatova yaxshi niyatlar bilan ikkilamchi bozordan avtomobil sotib olmoqchi bo‘ladiyu, firibgarga uchraydi. Toshbibi opaning Ichki ishlar vazirligi mas’ullariga aytishicha, ular «Kobalt» avtomobili uchun kelishilgan summani to‘liq to‘lasada, biroq sotuvchi xaridor nomiga avtomobilni rasmiylashtirib bermagan. Ayolning murojaati asosida tegishli tekshiruv-surishtiruv ishlari olib borilganda, Toshbibi Cho‘tmatovaning barcha vajlari tasdiqlandi va ayolning o‘g‘li nomiga sotib olgan avtomobili rasmiylashtirib berildi.

Denovlik tadbirkorlar Adham Maqsudov va Sojida Qoraqulovaning Qurilish vazirligi mas’ullariga aytishicha, ular Denov tumani Sharof Rashidov ko‘chasidagi 26 sotix maydonda joylashgan binosi o‘rniga 9 qavatli biznes markazi barpo qilmoqchi ekan.

Sababi, oldingi bino foydalanishga yaroqsiz deb topilgan va uning o‘rniga yangi bino qurish tavsiya qilingan. Bu borada loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilgan.

Biroq, tadbirkorlarning aytishicha, qurilishni boshlashga ruxsat berish negadir kechikmoqda. Murojaatdan so‘ng bu masala har tomonlama o‘rganib chiqilgach, qurilishni boshlashga ruxsat berildi.

Denovlik Bekzod Mirzayevning murojaati asosida unga o‘zi yashayotgan Zahiriddin Muhammad Bobur mahallasida kichik tikuvchilik korxonasi tashkil qilishi uchun 25 million so‘m kredit ajratilishi ta’minlandi.

Sho‘rchilik Nilufar Musulmonovaning tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishi uchun kredit ajratish bilan bog‘liq masalasi ham shu yerda hal qilindi.

Denov tumani O‘shor qishlog‘ida yashovchi Oltinoy Ochilovaning uch farzandi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olmoqda. Ayol Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mas’ullaridan talaba farzandlarining ta’limdan bo‘sh vaqtida ishlashi uchun sharoit yaratib berishda amaliy yordam so‘radi. Uning Nukus Davlat pedagogika institutida ta’lim olayotgan farzandi bepul yotoqxona va qo‘shimcha ish bilan ta’minlandi, Termiz Davlat universiteti magistraturasida ta’lim olayotgan farzandi o‘sha universitetning o‘zida ishga joylashtirildi.

Xuddi shu mazmundagi murojaatlar asosida denovlik Erkin Ravshanov, Xadichabonu G‘iyosova, Qahramon Suvonov, Munira Mirzayeva kabi o‘ndan ziyod yoshlar vazirlik tizimidagi ta’lim muassasalarida ish boshladi.

Qabullar davomida ijtimoiy himoyaga muhtoj o‘nlab murojaatchilarga salomatliklarini tiklashi, davolanishi, bepul jarrohlik amaliyotini o‘tkazishi uchun yo‘llanmalar ajratildi.

Dastlabki kunlarning hisob-kitoblarga ko‘ra, Qumqo‘rg‘on va Denov tumanlaridagi qabullarda 1 ming 220 ta murojaat ko‘rib chiqilgan, ularning 606 tasi joyida hal qilingan. 275 nafar murojaatchiga huquqiy maslahat va tushuncha berilgan bo‘lsa, 339 ta masala yuzasidan aniq muddat va mas’ullar belgilanib, Prezident Administratsiyasi va Xalq qabulxonalari nazoratiga olindi.

14.06.2022

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar