
Prezident Administratsiyasi mas’ullari, Oliy sud, Sudyalar oliy kengashi, Bosh prokuratura, qariyb o‘ttizta vazirlik, qo‘mita va tashkilotlar rahbarlarining “Ommaviy qabullar uch oyligi” loyihasidagi qabullari davom etmoqda.
Loyiha doirasida Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumani, Bo‘ka, Oqqo‘rg‘on, Bo‘stonliq tumanlari, Yangiyo‘l va Ohangaron shaharlarida ochiq, jonli muloqotlar o‘tkazilyapti. Muloqotlarda Oliy sud, Sudyalar oliy kengashi, viloyat, tuman, shahar sudlari mas’ullari ko‘rib chiqqan 372 ta masalaning 129 tasi ijobiy hal qilindi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan jazodan ozod qilish bo‘yicha kiritilgan taqdimnomalar asosida axloq tuzatish ishlari jazosini o‘tayotgan 114 nafar shaxs jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi, 97 nafar shaxsning o‘talmay qolgan ozodlikdan mahrum qilish jazosi yengilroq jazo bilan almashtirildi, 19 nafar shaxs sud zalidan ozod etildi.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan 50 nafar murojaatchi ayol foydasiga aliment undirish yuzasidan sud buyrug‘i chiqarilib, ijroga qaratildi. Ajrashish yoqasiga kelib qolgan 4 ta oila yarashtirildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, davlatimiz rahbari topshirig‘i asosida tuzilgan Respublika ishchi guruhining Toshkent viloyatidagi olti kunlik ommaviy qabullarida jami 4 ming 250 nafar murojaatchining 4 ming 617 ta masalasi ko‘rib chiqilgan. Ularning 1 ming 438 tasi joyida hal qilinib, 1 ming 302 nafar murojaatchiga huquqiy maslahat va tushuntirish berilgan. 1 ming 877 ta murojaatni hal qilish bo‘yicha esa aniq muddat va mas’ullar belgilanib, Prezident Administratsiyasi va Xalq qabulxonalari tomonidan nazoratga olingani qayd etilgan.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |