2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Toshkent viloyati: ommaviy qabulda aksariyat muammolar hal etildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi mas’ul xodimlari boshchiligidagi ishchi guruhning Bekobod shahri, Bekobod, Bo‘ka va Piskent tumanlari uchun Bo‘ka tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida ommaviy qabul tashkil etildi.

Unda 20 dan ziyod vazirlik va idoralar rahbarlari murojaatchilar bilan yuzma-yuz gaplashib, har bir masala hududiy mas’ullar bilan birga muhokama qilindi. 
Bekobod shahrida yashovchi Bahrom Abduhamidov fuqaroligi bo‘lmagan. 

Uning shu masalada ichki ishlar vazirligi mas’ullariga qilgan murojaati ijobiy hal etildi. Unga fuqarolik pasporti topshirildi. 

Bo‘ka tumanidagi "Istiqlol" mahallasidagi 48-sonli umumta’lim maktabi binosi qamrovi 180 o‘ringa mo‘ljallangan. Biroq ayni vaqtda u yerda 307 nafar o‘quvchi ta’lim oladi. Deputat Dilfuza Rahmonovaning sa’y-harakati, qilgan murojaatlari shu yerda yechim topdi. Endi bino yetishmasligi sabab hududdagi QVP binosida tahsil olayotgan o‘quvchilar uchun xushxabar bor. Xalq ta’limi vazirligi mas’ullarining aytishicha, qo‘shimcha bino 2023 yil davlat dasturi asosida quriladi. 

“Jag‘albayli” mahallasida istiqomat qiluvchi Baxtiyor Soyipov ommaviy qabulda xonadoniga internet tarmog‘i ulab berishni so‘radi. Shu kunning o‘zida soha xodimlari tomonidan mahallaning "Yoshlik" ko‘chasidagi 216 ta xonadonga internet tarmog‘i tortildi. O‘zbekiston Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi tomonidan ham ayollarga daxldor qator masalalar ko‘rib chiqildi. 

Masalan bo‘kalik Shahnoza Almanova 20 yil o‘qituvchi bo‘lib ishlagan. Biroq ma’lumoti o‘rta-maxsus bo‘lgani bois Xalq ta’limi bo‘limi tomonidan ogohlantirish olgan edi. Unga oliy ta’limga o‘qishga kirish uchun tavsiya beriladigan bo‘ldi. Shuningdek, Sog‘liqni saqlash vazirligi mas’ullari tomonidan 20 dan ortiq muammolar hal etildi. Bo‘kalik 2- guruh nogironi Zulxumor Abduvaliyeva yurak xastaligi bilan og‘rib keladi.

U endi Toshkent tibbiyot akademiyasida imtiyozli ravishda jarrohlik amaliyotini o‘tkazadi. Yoki bo‘kalik Ibrohim Tojiboyevning onkologik dispanserda davolanish bo‘yicha murojaati ijobiy hal etildi. Bekobodlik Muyassar Abdusattorova "Ayollar daftari" da ro‘yxatda turadi. Oilaviy sharoitining og‘irligi sababli uy ta’miri yuzasidan mas’ullarga yuzlandi. 

Tez orada muammo yechim topishi mas’ullar zimmasiga yuklatildi. Bosh prokuraturaga Bekobod shahar "Buloq-ariq" mahallasida yashovchi nogironligi bo‘lgan shaxs Halima Jo‘rayeva uy-joyga muhtojligini bildirdi. Shu joyning o‘zida Halimani o‘zi yashayotgan hududdan bir xonali xonadon ajratilishi ma’lum qilindi.

20.05.2022

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar