
Shu yilning 5-11 may kunlari Farg‘ona viloyatining shahar va tumanlarida ommaviy sayyor qabullar o‘tkazilmoqda.
Bundan ko‘zlangan maqsad fuqarolar muammolari bilan samarali ishlash, yechimini kutayotgan masalalarni “mahallabay” o‘rgangan holda joyida va tezkor hal etish, aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan.
Ommaviy sayyor qabullarning dastlabkisi Qo‘qon shahridagi Qo‘qon universiteti hovlisida o‘tkazildi.
Sudyalar Oliy kengashi, Oliy sud, Bosh prokuratura, Ichki ishlar, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish, Sog‘liqni saqlash, Bandlik va mehnat munosabatlari, Mahalla va nuroniylarni qo‘llab quvvatlash, Favqulodda vaziyatlar, Qurilish, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish, Xalq ta’limi vazirliklari, Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi, Markaziy bank va bir qator idora rahbarlari va rahbar o‘rinbosarlari ishtirokidagi qabulda Qo‘qon shahri, Beshariq, Dang‘ara, O‘zbekiston va Furqat tumanlari aholisi qamrab olindi.
Unda 100 dan ziyod fuqarolar o‘z muammolari bo‘yicha murojaat qildi. Aksariyat masalalar shu joyning o‘zida tegishli rahbarlar ishtirokida hal etildi. Respublika miqyosidagi va vaqt talab etiladigan shikoyatlar ham nazoratga olinib qisqa vaqtda hal etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
-Beshariq tumanining “Shodlikobod” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yashayman,-deydi Otabek Qoraboyev. – Bugun nogironlik nafaqasi tayinlash bo‘yicha amaliy yordam so‘rab qilgan murojaatim ijobiy hal etildi.
Ta’kidlash joizki, bu kabi sayyor qabullar viloyatning Bag‘dod, Qo‘shtepa, Farg‘ona tumani hamda Marg‘ilon shahrida bo‘lib o‘tishi ko‘zda tutilgan.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |