2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Sayyor qabulda 200dan ortiq fuqaroning murojaati o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Toshkent shahar adliya boshqarmasining mas’ul xodimlari tomonidan kuni Shayxontohur tumanidagi “Huvaydo” mahallasi hamda Yashnobod tumanidagi “Yashnobod” mahallasida sayyor qabullar o‘tkazildi.

Sayyor qabulda 200dan ortiq fuqaroning murojaati o‘rganildi

Sayyor qabullar davomida mahalla fuqarolari o‘zlarini qiziqtirgan huquqiy masalalar va ijtimoiy hayotda mavjud hamda o‘z echimini topmayotgan muammolari bo‘yicha murojaat qilishdi.

Ushbu sayyor qabullarda mazkur tuman hokimliklari, mahalla fuqarolar yig‘inlari, xalq ta’limi bo‘limi, tibbiyot birlashmalari, davlat notarial idoralari notariuslari va boshqa mutasaddi idora vakillari ishtirok etishdi.

Sayyor qabullar davomida 200 nafardan ortiq fuqarolar murojaat etishib, shundan 160 nafar fuqaroning murojaati yuzasidan qabul jarayonida huquqiy tushuntirishlar berildi, 40 nafar fuqaroning murojaati belgilangan tartibda qabul qilindi.

Sayyor qabulda 200dan ortiq fuqaroning murojaati o‘rganildi

Mazkur murojaatlar xususiyatiga ko‘ra, mahalla fuqarolar yig‘inlari tomonidan taqdim qilish bekor qilingan shaxsning yashash joyi bo‘yicha (propiska qilinganligi) yashayotganligi haqidagi ma’lumotlarni olish bilan bog‘liq yuzaga kelayotgan muammolar, arzon turar-joy bilan ta’minlash, uy-joy, moddiy yordam, sog‘liqni saqlash, mulkka nisbatan egalik huquqini e’tirof etish, aholi bandligi, doimiy ro‘yxatga qo‘yish, merosni rasmiylashtirish, bolalarni maktabgacha ta’lim muassasalariga joylashtirish, obodonlashtirish va boshqa masalalari bilan bog‘liq holatlarni tashkil etadi.

Xususan, sayyor qabul jarayonida fuqaro M.Erxodjaeva, M.Ubaydullaeva, M.Ibadullaeva va B.Boymatovalarning murojaati Adliya vazirligi ishchi guruhi tomonidan Yashnobod tumani Aviasozlar 5-tor ko‘chasida joylashgan 491-sonli maktabgacha ta’lim muassasasi, 166-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktablari joylashgan manzil bo‘yicha joyiga chiqib o‘rganildi. 

Sayyor qabullar davomida kelib tushgan murojaatlar Adliya vazirligi tomonidan nazoratga olindi.

23.10.2018

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar