2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Vazirlik va idora rahbarlari Farg‘ona viloyatida ommaviy qabullar o‘tkazadi

Fuqarolar muammolari bilan samarali ishlash, yechimini kutayotgan masalalarni «mahallabay» o‘rgangan holda joyida va tezkor hal etish, aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot tizimini yanada takomillashtirish maqsadida respublikamiz viloyatlarida may-iyul oylari mobaynida 20 dan ortiq vazirlik va idoralar, sektorlar hamda hududiy tashkilot rahbarlari ishtirokida ommaviy qabullar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Xususan, qabullarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi, Sudyalar Oliy kengashi, Oliy sud, Bosh prokuratura, Ichki ishlar, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish, Sog‘liqni saqlash, Bandlik va mehnat munosabatlari, Mahalla va nuroniylarni qo‘llab quvvatlash, Favqulodda vaziyatlar, Qurilish, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish, Xalq ta’limi vazirliklari vazirliklari, Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi, Markaziy bank, «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ, "Hududgazta’minot" AJ, «O‘zsuvta’minot» AJ, Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi kabi qator idora rahbarlari fuqarolarni shaxsan qabul qiladi.

Mazkur qabullar joriy yilning 5-11 may kunlari Farg‘ona viloyatidan bo‘lib o‘tadi.

Ommaviy qabullar o‘tkaziladigan manzil va sanalar bilan quyida keltirilgan jadval orqali tanishish mumkin.

Аҳоли келадиган ҳудудлар номи

Оммавий қабул ўтказиладиган жой

Сана ва вақти

Қўқон шаҳри, Данғара, Ўзбекистон, Бешариқ ва Фурқат туманлари аҳолиси учун

Қўқон университети биноси

5 май, соат 12:30 да

Боғдод, Бувайда, Учкўприк, Риштон ва Сўх туманлари аҳолиси учун

Боғдод туманидаги Конизар Нуронийлар боғи

6 май, соат 10:00 да

Қўштепа, Ёзёвон, Олтиариқ туманлари аҳолиси учун

Қўштепа туманидаги 1-ИДУМ (эски Транспорт коллежи)

7 май, соат 10:00 да

Марғилон шаҳри, Тошлоқ, Қува туманлари аҳолиси учун

Марғилон шаҳридаги Эркин Воҳидов номидаги истироҳат боғи

10 май, соат 10:00 да

Фарғона тумани, Фарғона ш, Қувасой шаҳри аҳолиси учун

Фарғона туманидаги Мозортаги истироҳат боғи

11 май, соат 10:00 да

 

* Ommaviy qabullar o‘tkaziladigan ba’zi joylar ob’ektiv sabablar tufayli o‘zgarishi mumkin. Shuning uchun bir kun avval Farg‘ona viloyati Xalq qabulxonasi telefon raqami orqali: +998 73-244-10-00 aniqlik kiritib kelishingiz so‘raladi.  

Keyingi viloyatlardagi ommaviy qabullar haqida oldindan ma’lum qilinadi.

03.05.2022

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar