2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Xalqni rozi qilishning yo‘li bu– muloqot va muammolar yechimidir

18-21 aprel kunlari «Taraqqiyot strategiyasi» markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov joylardagi islohotlar bilan tanishish, sektorlar faoliyatini o‘rganish, xalq bilan uchrashish va muloqot qilish maqsadida Namangan viloyatida bo‘ldi.

Xususan, Namangan shahri, Davlatobod va Yangi Namangan tumanlarida bo‘lib, aholining murojaatlari bilan ishlash, ularni qiynab kelayotgan muammolarni aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

Ta’kidlash joizki, Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyovning 2017 yil 8 avgustdagi «Hududlarning jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlashga doir ustuvor chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori asosida mamlakatning barcha hududlarida yo‘lga qo‘yilgan sektorlar faoliyati davlat organlarini aholi bilan yanada yaqinlashtirish, xalq bilan tizimli muloqotni yo‘lga qo‘yishda muhim omil bo‘lmoqda.

Shu boisdan ham, aholining muammolarini joyida, tuman, viloyat va respublika darajasida hal etishni ta’minlashga qaratilgan yaxlit tizim yaratildi. Aynan ana shu tizim sabab, so‘nggi yillarda yurtimizda hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholining yashash sharoitlarini tubdan yaxshilash, turmush darajasida sezilarli ijobiy o‘zgarishlarga erishish bo‘yicha izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Bu, o‘z navbatida, xalq bilan manzilli muloqotning yo‘lga qo‘yilishiga imkon yaratdi.

– Joylarda aholini qiynayotgan muammolarni o‘rganish, ularga xolis va haqqoniy baho berish, kamchiliklarni bartaraf etish yo‘llarini qidirish asosiy vazifalardan sanaladi, – deydi E.Tulyakov. – Zero, joylarda aholi, tadbirkorlar va yoshlar ishtirokida o‘tkazilayotgan uchrashuvlar, aynan aholining turmush sharoitini yaxshilash, mavjud muammolarni bartaraf etishga xizmat qilmoqda. Yuzma-yuz muloqotlar davomida fuqarolar tomonidan asosan ishga joylashish, tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun imtiyozli kreditlar ajratish, elektr energiyasi va gaz ta’minotidagi muammolarni bartaraf etish va boshqa qator masalalar ko‘tarilmoqda.

Darhaqiqat, xalqni rozi qilishning yo‘li bu, muloqot va muammolar yechimidir. Boisi, aholini qiynayotgan muammolar xalqning ichiga chuqur kirib borilgandagina yaxshi bilinadi.

Shu alohida e’tirof etish kerakki, mas’ul rahbarlarning eng og‘ir, eng chekka, eng olis hududlarga chiqib, mahallama-mahalla, qishloqma-qishloq, ko‘chama-ko‘cha yurayotgani o‘z samarasini bermoqda. Zero, xalq bilan bunday muloqot nafaqat murojaatlarni tinglash, balki ularni joyida bartaraf etishga ham qaratilgan.

28.04.2022

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Таълим кредитиИшонч телефони8 May 202423 May 2024Xorazm viloyati
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Тадбиркорлик фаолияти учун дастурлар асосида имтиёзли кредитлар (иссиқхона, чорва, парранда, балиқ, қуён, асалари, тикувчилик, боғдорчилик, ҳунармандчилик ва бошқалар)Ишонч телефони9 Aprel 202419 Aprel 2024Andijon viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar