2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Mutasaddilar sud-huquq sohasidagi murojaatlarni o‘rgandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Oliy sud, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligining mas’ul xodimlari tomonidan fuqarolarning sud-huquq sohasidagi murojaatlariga samarali yechim topish maqsadida ommaviy qabul o‘tkazildi.

Unda Zarafshon shahri, Uchquduq va Tomdi tumanlari, Navbahor tumanining “Keskanterak” mahallasida Navbahor va Nurota, Xatirchi tumanlari, Karmana tumanidagi “Oftobjon” bolalar oromgohida Navoiy va G‘ozg‘on shaharlari hamda Karmana tumani, Qiziltepa tumani “Vang‘ozi” mahallasida Qiziltepa va Konimex tumanlari fuqarolarining murojaatlari tinglandi.  

Oliy sud raisining o‘rinbosari Baxtiyor Isakov va sudyalar tomonidan  uch kun davomida 347 nafar fuqaro qabul qilindi.  

– Qabulda viloyat sudlari sudyalari ham ishtirok etdi, – deydi viloyat sudi raisi Hamidulla Qudratov. – Qilingan murojaatlarning 204 tasi jinoyat, 111 tasi fuqarolik, 20 tasi ma’muriy, 12 tasi iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlarga oid murojaatlarni tashkil etdi. Ularning 320 tasi og‘zaki, 27 tasi esa yozma murojaatlardir. Qabullar jarayonida 347 ta murojaatdan 179 tasi bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berildi, 141 ta murojaat joyida ijobiy hal etildi, 27 ta murojaat bo‘yicha arizalar Oliy sud tomonidan kassatsiya tartibida hal qilish uchun qabul qilindi. 35 nafar shaxs jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilindi, 30 kishiga nisbatan tayinlangan ozodlikdan maxrum qilish va ozodlikni cheklash jazolari yengilrog‘i bilan almashtirildi, 66 nafar shaxsga nisbatan o‘tash uchun tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyadan manzil koloniyasiga o‘tkazildi. Shuningdek, 3 ta jinoyat ishlari taraflarning yarashganligi munosabati bilan tugatilgan bo‘lsa, 33 nafar shaxsga nisbatan aliment undirish yuzasidan sud buyrug‘i chiqarilib ijroga qaratildi. 

– Fuqarolar ish haqi, pensiya va boshqa masalalar yuzasidan murojaat qildi, – deydi Navoiy viloyati sudi jamoatchilik va OAVlar bilan aloqalar bo‘yicha bosh konsultanti Aziza Ro‘ziyeva. – Jumladan, fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchquduq tuman sudi tomonidan 14 nafar fuqaro foydasiga qariyb 92 million so‘m, fuqarolik ishlari bo‘yicha Karmana tumanlararo sudi tomonidan 35 nafar fuqaroga qariyb 72,5 million so‘m miqdorida ish haqini undirish yuzasidan sud buyrug‘i chiqarildi. Iqtisodiy sudlar tomonidan 15 ta ish sud majlislarida ko‘rilib, shundan tadbirkor (da’vogar)lar foydasiga jami qariyb 6 milliard 163 million so‘mlik da’vo talablari qanoatlantirildi.  

O‘zbekiston Respublikasi sudyalar Oliy kengashi raisi Xolmo‘min Yodgorov tomonidan sud-huquq masalalari yuzasidan 5 nafar fuqaro qabul qilinib, tegishli tartibda huquqiy tushuntirish berildi.  

18.04.2022

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar