Navoiy viloyati Zarafshon shahrida fuqarolarning sud-huquq sohasidagi murojaatlariga samarali yechim topish uchun yanada qulay sharoit yaratish maqsadida ommaviy qabul o‘tkazildi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Oliy sud, Prokuratura, Ichki ishlar vazirligining mas’ul xodimlari Zarafshon shahri, Uchquduq va Tomdi tumanlarida istiqomat qiluvchi fuqarolarning murojaat va takliflarini o‘rgandi.
Qabulda Oliy sud raisining o‘rinbosari Baxtiyor Isakov tomonidan 67 nafar fuqaro qabul qilindi. Murojaatlarning 34 tasi bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berildi, 29 ta murojaat joyida ijobiy hal etilib, 4 ta murojaat bo‘yicha arizalar Oliy sud tomonidan kassatsiya tartibida hal qilish uchun qabul qilindi, ushbu murojaatlarning barchasi qanoatlantirilib, tegishli sudlov hay’atiga ko‘rib chiqish uchun o‘tkazildi.
– Jinoyat ishlari bo‘yicha Zarafshon shahar va Tomdi tuman sudlari tomonidan 3 nafar shaxs jazoni o‘tashdan muddatidan oldin ozod qilingan bo‘lsa, 25 kishiga nisbatan tayinlangan ozodlikdan mahrum qilish va ozodlikni cheklash jazolari yengilrog‘i bilan almashtirildi hamda Tomdi tuman sudi tomonidan 1 ta jinoyat ishi taraflarning yarashuviga asosan tugatildi, – deydi Navoiy viloyati sudi jamoatchilik va OAVlar bilan aloqalar bo‘yicha bosh konsultanti Aziza Ro‘ziyeva. – Shuningdek, fuqarolik ishlari bo‘yicha Zarafshon tumanlararo sudi tomonidan 8 nafar, fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchquduq tuman sudi tomonidan 2 nafar shaxsga nisbatan aliment undirish yuzasidan sud buyrug‘i chiqarildi va 14 nafar fuqaroning qariyb 92 million so‘mlik ish haqini undirish yuzasidan ijro hujjatlari ijroga qaratildi.
Ommaviy qabulda fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan 4 nafar shaxsning yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni belgilash, 1 nafar fuqaroning uyga kiritish haqidagi da’vo arizasi qanoatlantirildi. Shu kuni ajrashish yoqasiga kelib qolgan oilalar bilan suhbat o‘tkazilib, 2 nafar voyaga yetmagan farzandi bor 3 ta oila yarashtirildi. Iqtisodiy sudlar tomonidan esa 2 ta ish sud majlislarida ko‘rilib, tadbirkorlar foydasiga jami 4 milliard 913 million so‘mlik da’vo talablari qanoatlantirildi va Respublika byudjetiga sud qarorlariga asosan qariyb 84 million so‘m davlat boji undirilishi belgilangan.
Sud-huquq masalalari bo‘yicha Navbahor tumanining “Keskanterak” mahallasida Navbahor va Nurota, Xatirchi tumanlari, Karmana tumanidagi “Oftobjon” bolalar oromgohida Navoiy va G‘ozg‘on shaharlari hamda Karmana tumani, Qiziltepa tumani “Vang‘ozi” mahallasida Qiziltepa va Konimex tumanlarida istiqomat qiluvchi fuqarolar uchun ommaviy qabul bo‘lib o‘tadi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақа | Ишонч телефони | 19 Fevral 2024 | 26 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалалар | Ишонч телефони | 20 Fevral 2024 | 23 Fevral 2024 | Samarqand viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдам | Ишонч телефони | 27 Yanvar 2024 | 24 Fevral 2024 | Buxoro viloyati |
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслиги | Ишонч телефони | 26 Oktabr 2023 | 23 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлаш | Ишонч телефони | 12 Fevral 2024 | 21 Fevral 2024 | Qoraqalpog`iston Respublikasi |