
Andijon viloyati hokimi Sh. Abdurahmonov boshchiligidagi delegatsiya yaqinda Qoraqalpog‘iston Respublikasining Kegeyli tumaniga tashrif buyurib, bu yerda amalga oshirilayotgan yangi loyihalar bilan yaqindan tanishdi.
Tashrif davomida mehmonlar tumandagi bir qator yangi ob’ektlarda bo‘ldi. Xususan, ular tuman markazidagi 11-maktabgacha ta’lim tashkiloti va “Nuroniylar maskani” majmuasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Ushbu maktabgacha ta’lim muassasasiga joriy yil Andijon viloyat hokimi tashabbusi bilan suvni qayta ishlash uskunasi o‘rnatilgan. Delegatsiya a’zolari yangi uskunaning foydali tomonlari xususida so‘z yuritdi. Bolajonlarga sovg‘alar ulashildi. Andijonlik mutaxassislarning ta’kidlashicha, tumandagi yana 13 ta maktabgacha ta’lim tashkilotiga mana shunday suvni qayta ishlash uskunasi topshiriladi.
Delegatsiya a’zolari Kegeyli tumani markazida yaqinda foydalanishga topshirilgan “Nuroniylar maskani” majmuasida ham bo‘lib, bu yerda keksa avlod vakillarining hordiq chiqarishi, sport bilan shug‘ullanishi uchun yaratilgan qulay sharoitlarni ko‘zdan kechirdi.
Maskanda kutubxona, sport zali, oshxona, tibbiyot va namoz o‘qish xonalari tashkil qilingan. Nuroniylar bu yerda bo‘sh vaqtini sermazmun o‘tkazmoqda.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi M. Kamalov, Andijon viloyati hokimi Sh. Abdurahmonov nuroniylar bilan dildan suhbat qurdi.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |