2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Toshkent viloyati: aholini ish bilan ta’minlash eng muhim masala

Toshkent viloyati hokimi qurilish, qishloq xo‘jaligi, turizm, iqtisod sohalarida 2022 yilda yaratiladigan yangi ish o‘rinlari taqdimoti bilan tanishdi. Qayd etilganidek, hudud bo‘yicha hozir jami bo‘sh ish o‘rinlari soni 39 mingdan ortmoqda.

Shuni e’tiborga olib, joylarda aholi bandligini ta’minlash, daromadlarini oshirishga har tomonlama ko‘maklashish, ishsizlar, ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlar, bitiruvchilarga qulay sharoit yaratish maqsadida bir qator ishlar qilinyapti.

Jumladan, 2022 yilda moliya-iqtisod, tadbirkorlik va kambag‘allikni qisqartirish yo‘nalishida 146 ming 791 ta yangi ish o‘rinlari yaratish rejalashtirilgan. Investitsiya sohasida 464 ta umumiy qiymati 17,7 trillion so‘mlik loyihalar amalga oshiriladi. Bu orqali 20 mingga yaqin ish o‘rni tashkil etiladi. Shuningdek, qishloq xo‘jaligi tarmoqlarida jami 229 ming nafar aholi bandligini ta’minlash ko‘zda tutilgan. Joylarda takroriy ekin uchun ajratilgan yer maydonlarida hosil yetishtirish evaziga ishsizlarning 20 foizga yaqini band bo‘lib, mavsumiy daromad olishiga erishiladi. Turizm sohasida esa 13,5 mingta ish o‘rni yaratilishi mumkin. 

Zoyir Mirzayev mazkur loyihalar bo‘yicha bosqichma-bosqich amalga oshiriladigan ishlar, eng birinchi qadamlar nimalardan iborat bo‘lishi lozimligi yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi. Mutasaddilarga bu borada zarur ko‘rsatmalar berdi.  

05.04.2022

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Таълим кредитиИшонч телефони8 May 202423 May 2024Xorazm viloyati
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Тадбиркорлик фаолияти учун дастурлар асосида имтиёзли кредитлар (иссиқхона, чорва, парранда, балиқ, қуён, асалари, тикувчилик, боғдорчилик, ҳунармандчилик ва бошқалар)Ишонч телефони9 Aprel 202419 Aprel 2024Andijon viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar