Samarqand viloyati sudlari raislarining bu galgi sayyor qabuli Bulung‘ur tumanida o‘tkazildi.
Tuman mahallalar markazida tashkil etilgan navbatdagi sayyor qabul doirasida Samarqand viloyati sudi raisi Olim Hayitov hamda viloyat ma’muriy sudi raisi Tohir Fayziyev ijaraga yer olgan fuqarolar bilan uchrashdi.
Tumandagi Olmazor, Mingtepa, Kattaqishloq, Bog‘bon, Beshqo‘ton mahallalarida istiqomat qiluvchi 320 nafar fuqarolar ochiq elektron tanlovlarda g‘olib bo‘lib, ijaraga yer olgan. Viloyat sudi raislari ijaraga berilgan yer uchastkalaridan samarali foydalanish bo‘yicha tushuncha berishdi. Shuningdek, Oliy sud tomonidan tayyorlangan metodik qo‘llanma tarqatildi.
Sayyor qabulda tadbir davomida 36 nafar fuqaro turli masalalarda murojaat qildi. Aliment, nikoh, uy-joy, fermerlik faoliyati bilan bog‘liq masalalar yuzasidan qilingan murojaatlarning har biriga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, sodir qilgan jinoiy qilmishi uchun sud hukmi bilan jazosini o‘tayotgan 14 nafar fuqaro sayyor qabulda viloyat sudi raisiga murojaat qildi. Ular qilmishidan pushaymonligi, tegishli xulosa chiqarganligi, tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tganligini, bundan buyon sog‘lom turmush tarzida hayot kechirishini bildirib jazoning o‘talmay qolgan qismidan ozod qilishni so‘radi. Bundan tashqari, huquqbuzarlik sodir qilganligi uchun ma’muriy javobgarlikka tortilgan 9 nafar shaxs qonuniy yengillik so‘rab murojaat qildi. Ularning har biri bilan suhbat o‘tkazilib, xatolarini tushunib yetganligi va bartaraf qilganligi inobatga olindi.
Tadbirlar davomida sayyor sud majlisi tashkil etildi va har bir murojaat alohida-alohida ko‘rib chiqildi va ijobiy hal etildi. Sayyor qabulda har bir murojaatga alohida e’tibor qaratilib, ijobiy hal etilishiga harakat qilindi. Ayrimlari bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berildi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслиги | Ишонч телефони | 26 Oktabr 2023 | 23 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдам | Ишонч телефони | 27 Yanvar 2024 | 24 Fevral 2024 | Buxoro viloyati |
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлаш | Ишонч телефони | 12 Fevral 2024 | 21 Fevral 2024 | Qoraqalpog`iston Respublikasi |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақа | Ишонч телефони | 19 Fevral 2024 | 26 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалалар | Ишонч телефони | 20 Fevral 2024 | 23 Fevral 2024 | Samarqand viloyati |