
Farg‘ona viloyatida oilaviy bolalar uyi yana bittaga ko‘paydi.
O‘zbekiston tumani Yaypan shahri “Yaypan guzari” mahallasida yashovchi Dilshodbek Ergashev turmush o‘rtog‘i Masturaxon Ergasheva bilan Toshkent, Chirchiq va Qo‘qon shaharlaridagi Mehribonlik uylaridan 6 nafar bolani o‘z tarbiyasiga olib, oilaviy bolalar uyi faoliyatini yo‘lga qo‘ydi. Mazkur xonadonda tashkil etilgan xayrli tadbirda tuman hokimligi, tuman IIB, Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi mutasaddilari hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Tadbirda so‘z olganlar xonadon sohiblarining ushbu ezgu amallarini e’tirof etib, oilada yashovchi bolalarning munosib ta’lim-tarbiya olib, jamiyatning yetuk farzandlari bo‘lishiga tilaklar bildirdi. Oilaga yaxshi niyatlar bilan tuman hokimligi va Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati boshqarmasining esdalik sovg‘alari topshirildi. Xonadon sohibi Dilshodbek Ergashev tadbirkorlik bilan shug‘ullansa, oila bekasi Masturaxon opa malakali pedagog, tumandagi 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari vazifasida faoliyat yuritadi.
Ergashevlar xonadonida bolalarning emin-erkin yashashlari, oilaviy muhit taftini his qilib ulg‘ayishlari uchun barcha sharoit muhayyo etilgan. Muhimi, bu bolalar endi ota-ona mehru muhabbatidan bahramand bo‘lishadi, o‘zlarini tengqurlaridan aslo kam sezishmaydi.
– Bolalarning begonasi bo‘lmaydi, farzandlarimizdan bor mehrimizni, ta’lim-tarbiyamizni ayamaymiz. Ularning kamoli va istiqboli yo‘lida ezgu va ulug‘ maqsadlarni niyat qilganmiz, – deydi Masturaxon Ergasheva.
O‘tgan yilning kuz oyida yaypanlik yana bir mehridaryo oila – Madrahimovlar oilasi ana shunday xayrli ishga bosh bo‘lgan edi.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |