Toshkent viloyati Yangiyoʻl tumanida joriy yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik koʻrish yuzasidan belgilangan vazifalarning 24 foizi bajarilmagan. Bu boradagi ishlar, ayniqsa, 3-sektorda 36 foiz, 4-sektorda 35 foizga ortda qolayotir.
Tumanda koʻp qavatli uylarni taʼmirlash uchun kredit hisobida ajratilishi belgilangan 5 milliard 656 million soʻm mablagʻning 19 foizi hanuz moliyalashtirilmagan. Aholi bandligiga koʻmaklashish davlat dasturiga muvofiq, 607 ish oʻrni yaratilib, bu boradagi reja 4,3 foiz ortigʻi bilan bajarilgan.
Xalq deputatlari Yangiyoʻl tumani Kengashining tumanni kompleks rivojlantirish, aholini qiynab kelayotgan muammolarni bartaraf etish boʻyicha vazifalar ijrosi yuzasidan parlament, deputatlik va jamoatchilik nazoratini taʼminlash masalalariga bagʻishlangan navbatdagi sessiyasida shu haqda maʼlum qilindi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati aʼzolari, xalq deputatlari viloyat va tuman Kengashlari deputatlari, davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari, tuman sektor rahbarlari, faollar ishtirok etgan sessiyada Respublika ishchi guruhi tomonidan tumanning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli, aholini qiynab kelayotgan muammolar boʻyicha olib borilgan oʻrganish natijalari ham muhokama qilindi.
Sessiyada qayd etilishicha, tumanning real ijtimoiy-iqtisodiy holati bilan yaqindan tanishish, mavjud muammolarni bartaraf etishga koʻmaklashish maqsadida respublika ishchi guruhi tomonidan aholi bilan ochiq muloqotlar oʻtkazilgan. Taʼlim, tibbiyot, bandlik, qish-kuz mavsumiga tayyorgarlikning real holati oʻrganilgan. Oʻrganishlar natijasida qariyb 27 ming 800 muammo aniqlanib, ularning 4 ming 700 dan ortigʻi joyida bartaraf etilgan.
Ishchi guruh tomonidan shuningdek, tumanda 391 boʻsh bino, qurilishi tugallanmagan obyekt va foydalanilmayotgan yer maydonlari mavjudligi aniqlangan.
Sessiya kun tartibidagi masalalarni hal etish, koʻtarilgan muammolarga toʻliq barham berish, ijrosi yuzasidan parlament, deputatlik va jamoatchilik nazoratini taʼminlash boʻyicha tegishli qarorlar qabul qilindi.
Shu kuni xalq deputatlari Quyi Chirchiq tumani Kengashining ham ayni shu masalalarga bagʻishlangan navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалалар | Ишонч телефони | 20 Fevral 2024 | 23 Fevral 2024 | Samarqand viloyati |
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақа | Ишонч телефони | 19 Fevral 2024 | 26 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлаш | Ишонч телефони | 12 Fevral 2024 | 21 Fevral 2024 | Qoraqalpog`iston Respublikasi |
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдам | Ишонч телефони | 27 Yanvar 2024 | 24 Fevral 2024 | Buxoro viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслиги | Ишонч телефони | 26 Oktabr 2023 | 23 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |