O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi o‘rinbosari R.Maxmudova rahbarligida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘ng‘irot tumanida “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar uchun sayyor qabul tashkil etildi.
Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi sudlar raislari bilan birga Qo‘ng‘irot tumani to‘rtta sektor rahbarlari ham ishtirok etib, aholi muammolariga birgalikda yechim izladi. Asosan, sud-huquq masalalari bo‘yicha murojaatlar qabul qilingan tadbirda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni ijtimoiy himoya qilish, eng muhimi, oilaning baxti va chirog‘i hisoblangan ayollarni bugungi kunidan rozi qilish, ularning dardu-tashvishlarini yengillashtirish, bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati tushuntirildi. Qabul jarayonida 40 nafarga yaqin ayolning murojaati tinglandi.
Jumladan, Qo‘ng‘irot tumani “Monshaqli” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi Oralxan Ismailova o‘zi yashab turgan xonadoniga tuman davlat soliq inspeksiyasi tomonidan yer-mulk solig‘ining ortiqcha hisoblanganligini ta’kidlab, bu masalada amaliy yordam berishni so‘rab murojaat qildi. Unga sud mas’ullari mazkur masala yuzasidan tuman davlat soliq inspeksiyasi tomonidan yer-mulk solig‘i qayta hisob-kitob qilinib, 2021 yil uchun ortiqcha to‘langan soliqlar soliq to‘lovchiga qaytarilishini tushuntirdi.
Tumandagi “Mehnatobod” ovul fuqarolar yig‘inida istiqomat qilayotgan Aray O‘rinboyeva 3,5 yashar qizi Aygerim Xojanovaning yuragida nuqsoni bo‘lgani uchun uni jarrohlik amaliyotiga olib borishga moddiy tomondan imkoniyati yo‘qligini aytib murojaat qildi. Shu yerning o‘zida Qo‘ng‘irot tumani hokimligi va tuman tibbiyot birlashmasi mas’ullari bilan maslahat qilinib, qizaloqning yuragini bepul operatsiya qilish uchun ro‘yxatga kiritilib, shu yilning mart oyida jarrohlik amaliyoti o‘tkaziladigan bo‘ldi.
Yana bir murojaatchi Elvira Alpisbayeva turmush o‘rtog‘i 4 yildan byon Qozog‘iston Respublikasida ishlayotganini, uyiga qaytarishga amaliy yordam berishini so‘radi. Unga tuman ichki ishlar bo‘limi mas’ullari bilan birgalikda huqiqiy tushuntirish berilib, turmush o‘rtog‘ining oilasi bag‘riga qaytishiga amaliy yordam beriladigan bo‘ldi.
Sayyor qabulda sud jarayoni bilan bog‘liq murojaatlar ham bo‘ldi. Vaqt va muddat talab qiladigan bunday murojaatlar bo‘yicha murojaatchilarga huquqiy maslahat va tushuntirish berildi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлаш | Ишонч телефони | 12 Fevral 2024 | 21 Fevral 2024 | Qoraqalpog`iston Respublikasi |
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалалар | Ишонч телефони | 20 Fevral 2024 | 23 Fevral 2024 | Samarqand viloyati |
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслиги | Ишонч телефони | 26 Oktabr 2023 | 23 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдам | Ишонч телефони | 27 Yanvar 2024 | 24 Fevral 2024 | Buxoro viloyati |
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақа | Ишонч телефони | 19 Fevral 2024 | 26 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |