2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Mahallalar bilan yangicha asosda ishlash ko‘zlangan natijani beradi

Mahalla ravnaqi mamlakatimiz taraqqiyotining poydevoridir. Shu ma’noda, davlatimiz rahbarining shu yil 1 mart kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida mahalla institutini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning qiyofasini tubdan yaxshilashga qaratilgan ko‘plab yangi tashabbuslar ilgari surildi.

Prezidentimizning «Oila va xotin-qizlar bilan ishlash, mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni hamda “Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi qarori har bir yurtdoshimiz hayotida markaziy o‘rinni tutadi.

Mahallalar bilan yangicha asosda ishlash, nuroniy va keksalarimizga munosib e’tibor ko‘rsatish bo‘yicha bunday yondashuv ko‘zlangan natijani berishi shubhasiz. 

Endilikda mahalla instituti zimmasiga yuklanayotgan bir-biridan muhim vazifalarga mos ravishda keng huquq va vakolatlar, zarur moddiy-texnik imkoniyatlar yaratib berilmoqda. Mahallalar hayotning, o‘zgarish va islohotlarning eng qaynoq nuqtasiga aylanmoqda.

Bu borada mahalla fuqarolar yig‘ini raislariga muhim vakolatlar ham berilganki, bu shubhasiz, ularning xalqimiz, jamoatchiligimiz o‘rtasidagi obro‘-e’tiborini oshirishga xizmat qiladi. Deylik, mahalla raisi hududdagi hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi, profilaktika inspektori faoliyatini o‘zaro hamkorlikda, uyg‘un holda tashkil etish uchun mas’ul etib belgilangani bir musht bo‘lib, aniq maqsad sari birgalikda harakat qilish, ko‘proq amaliy natijalarga erishish imkonini beradi.

Ishni eng quyi bo‘g‘inda yo‘lga qo‘yish, respublika, viloyat darajasidagi rahbar va faollarning avvalambor olis mahallalarda bo‘lishi yaxshi samara berishi, bu – keyingi besh yillik hayotimizda takror va takror o‘z isbotini topgan haqiqat aslida. Buni Toshkent viloyatining Chinoz tumanidagi mahallalarda kechgan jarayonlar misolida ham yaqqol ko‘rishimiz mumkin.

Prezidentimiz tomonidan imzolangan hujjatga muvofiq, mahalla raislari yangicha yondashuv, yangicha tizim asosida ish boshlamoqda. Mahalla raislari yangi vakolatlar asosida tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi, profilaktika inspektori faoliyatini muvofiqlashtirib boradi. O‘z-o‘zidan ravshanki, huquq va vakolat bilan birga, aholi, jamoatchilik oldida burch va majburiyat ham paydo bo‘lmoqda.

Mana masalan, tumanning chekka hududida chorvachilik klasteri ish boshladi. Yangi korxonaga ishchilar zarur. Mahalla mas’ullari ishsiz yoshlar ro‘yxatini tuzib, korxonaga ishga joylashtirishdi. Ulardan ayrimlari bu sohada yetarli bilim va malakaga ega bo‘lgan bo‘lsa, ayrimlarini kurslarda qo‘shimcha o‘qishi tashkil etildi. Hududda sanoatni rivojlantirish, aholiga sifatli va maqbul narxlarda go‘sht va go‘sht mahsulotlari yetkazib berish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda muhim o‘rin tutadigan majmuada zamonaviy ferma, kushxona va go‘shtni qayta ishlash korxonasi faoliyat ko‘rsatmoqda.

Chinoz – boy dehqonchilik an’analariga ega tuman. Yer tilini biladigan mirishkorlar ko‘p. Ammo hayot bir joyda to‘xtab turmaydi, izlanish, intilish har kuni kerak. Shu bois mahalla raisi bosh bo‘lib, tomorqalardan foydalanishni yangi, yuqori bosqichga olib chiqish, zamonaviy qishloq xo‘jaligi loyihalarini hayotga tatbiq etishda aholiga eng yaqin ko‘makchi bo‘lmoqda. bugungi kunga kelib mahallalardagi ko‘plab xonadonlarda issiqxonalar mavjud. Yetishtirilgan mahsulotga xaridor topish, xo‘jaliklarni kengaytirish, imtiyozli kredit olish singari ko‘plab yo‘nalishlarda yordam berilmoqda. Shu asosda ilgari ishsiz bo‘lgan aholi bandligi ta’minlanayapti.

Davlatimiz rahbarining ko‘rsatmasiga binoan Prezident Xalq qabulxonalari ham faoliyatini mahallalar kesimida tashkil etib, mahalla fuqarolar yig‘inlari bilan uzviy hamkorlikda ish olib borayotgani mahallalarga katta madad bo‘lishi bilan birga, aholi muammolari va murojaatlari bilan ishlash sifatini oshiradi. Muammolarni har bir hudud xususiyatidan kelib chiqib, tizimli tahlil qilish hamda ularni hal etish uchun resurslarni aniq yo‘naltirish imkonini beradi.

Yana yoshlar mavzusiga to‘xtaladigan bo‘lsak, ularning bo‘sh vaqti mazmunli, foydali va albatta qiziqarli o‘tishi uchun avvalambor mahallada sharoit yaratish kerak. Mazkur dolzarb vazifa mahallalardagi yoshlar yetakchilariga ishonib topshirilgan. 

Chinoz mahallalarida bu borada aniq reja asosida ish olib borilmoqda. Rang-barang ko‘rik-tanlovlar, ko‘rgazmali chiqishlar, xalq o‘yinlari, ijodiy bellashuvlar, ommaviy sport tadbirlari o‘tkazilayotgani o‘sib kelayotgan yoshlar uchun har tomonlama foydalidir.

Mahallalarda ijtimoiy muhitni yaxshilash aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish darajasi bilan bevosita bog‘liq. Shu bois Prezidentimiz ko‘rsatmasiga ko‘ra, bu jiddiy masalaga ustuvor vazifa sifatida e’tibor beriladi. Aholini yosh toifalaridan kelib chiqib, muntazam tibbiy ko‘riklardan o‘tkazish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, yuqori texnologik tibbiy yordamni imkon qadar mahallalar darajasigacha tushirish yuzasidan aniq vazifalar belgilab berilgan.

Mahallada yangi ish boshlagan ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi ana shu maqsadga xizmat qiladi. Bu zamonaviy shifoxona ilk ish kunida nuroniy va keksalarni qabul qilib, ularga xizmat ko‘rsatishni boshladi. Bu yurtimizda insonga, keksalarga ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rlikning yana bir ifodasi bo‘ldi.

10.03.2022

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar