2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
282 nafar fidoyi opa-singillar “Mo‘’tabar ayol” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi

Yurtimizda o‘z faoliyati, ibratli fazilatlari bilan barchaga o‘rnak bo‘layotgan opa-singillarimiz, onaxonlarimiz ko‘p ekani juda quvonarlidir.

Hatto eng oddiy o‘zbek ayoli ham mehnatsevarlik, halollik, jonfidolik, mehr va sadoqat bobida dunyoga ibrat bo‘lishga arzigulikdir.

Poytaxtimizda jamiyat hayotida faollik va tashabbuskorlik ko‘rsatgan, samarali mehnati bilan oilaning shakllanishi va farovonligi mustahkamlanishi, shuningdek, onalik va bolalik muhofazasiga munosib hissa qo‘shgan xotin-qizlarga “Mo‘’tabar ayol” ko‘krak nishoni tantanali topshirildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi raisi Zulayho Mahkamova  va boshqalar ayol-qizlarga chin ma’noda ehtirom va hurmat ko‘rsatish, ularning og‘irini yengil etish, turli muammolariga tezkor, o‘z vaqtida yechim topish, har jixatdan qo‘llab-quvvatlash masalasi Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan olib borilayotgan yangilanish borasidagi islohotlarda ustuvor o‘rin egallashini ta’kidladi. Yaqindagina ta’sis etilgan Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi ayollar hayotiga doir eng dolzarb masalalarni hal etishga qaratilgandir.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 2 fevraldagi tegishli farmoni qabul qilingan edi. Unga muvofiq,  faol va tashabbuskor,  sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, joylarda ma’naviy-axloqiy muhitni sog‘lomlashtirish va milliy qadriyatlarimizni  targ‘ib etishda ibratli faoliyat olib borayotgan xotin-qizlarni taqdirlash maqsadida “Mo‘’tabar ayol” ko‘krak nishoni ta’sis etilgan.

Darhaqiqat, davlat, jamiyat va xalq mehri, ehtiromi va e’zozi asli muqaddas qilib yaratilgan ayol zotini mo‘’tabarlik maqomiga yuksaltiradi. Joriy yilda mazkur ko‘krak nishoni bilan taqdirlash uchun Respublika komissiyasiga 819 ta hujjat taqdim etildi.

Onalik, mo‘’tabarlik maqomiga munosib yutuqlarga erishgan, respublika miqyosida, hududlarda, mahallalarda ibratli faoliyat ko‘rsatayotgan, oilasidagi ma’rifiy muhit bilan boshqalarga o‘rnak bo‘lishlikni hayot tarziga aylantirgan opa-singillarimiz, munis onaxonlarimizdan 282 nafari “Mo‘’tabar ayol” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Ta’kidlash joizki, ular barcha sohalarda yetakchi, matonatli, fidoyi va e’tirof nomiga munosib mo‘’tabar ayollardir. Ko‘krak nishoni bilan mukofotlanganlar eng kam oylik ish haqining to‘rt baravari miqdorida bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofotini ham oldilar.

– Bugun mamlakatimizda barcha ayollarga katta hurmat va e’tibor  ko‘rsatilmoqda, – dedi yurtimizning faol ma’naviyat targ‘ibotchisi, ekspert Jamila Shermuhamedova. – Bunday e’tibor xotin-qizlarining hayotida, ularning orzu-intilishlarida ham o‘zining yorqin ifodasini topmoqda.

Mukofotlarni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi raisi Zulayho Mahkamova,  Senatning Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi raisi Malika Qodirxonova topshirdi.

Ko‘krak nishonini joylarda hokimlar tomonidan tantanali topshirish marosimlari davom etadi.

06.03.2022

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati

Foydali resurslar