2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Ichimlik suv ta’minoti yanada yaxshilanadi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida “Obod qishloq” va “Obod mahalla” Davlat dasturlari hamda xalqaro moliya instituti (XMI) mablag‘lari asosida aholini ichimlik suv ta’minoti va oqova suv tizimini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

“O‘zsuvta’minot” AJ rahbariyati va mas’ul xodimlari, ommaviy axborot vositalari vakillari va blogerlar ishtirok etgan tadbirda aholini markazlashgan ichimlik suv bilan ta’minlanganlik darajasi 69,7 foizni tashkil etib, qolgan 30,3 foizi muqobil suv manbalaridan foydalanilayotgani ta’kidlandi.  

– 2021 yilda respublika aholi punktlarida ichimlik suv ta’minoti va oqova suv chiqarish tizimlarini rivojlantirish maqsadida jami 649 ta ichimlik va oqova suv ob’ektlarida 2 milliard  328,7 million so‘m miqdorida mablag‘ o‘zlashtirilgan, – deydi “O‘zsuvta’minot” AJ boshqaruvi raisi o‘rinbosari Rustam Mamadjanov. – Ushbu mablag‘lar hisobidan 5,3 ming kilometr ichimlik va 303,2 kilomter oqova suv tarmoqlari tortildi.  474 ta ichimlik va oqova suv inshootlarida qurish hamda rekonstruksiya ishlari bajarildi. O‘tgan 2021 yilda amalga oshirilgan ishlar natijasida respublika aholisining markazlashgan ichimlik suv bilan ta’minlanganlik darajasi 65,1 foizdan 69,7 foizga yetkazildi. 1,5 million nafar aholi ilk bor markazlashgan ichimlik suv bilan ta’minlandi. 2,3 million nafar aholining ichimlik suv ta’minoti yaxshilandi. 

Tadbirda joriy yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar haqida ham ma’lumot berildi. Jumladan, joriy yilda investitsiya, “Obod qishloq” va “Obod mahalla” Davlat dasturlari doirasida 2 trillion so‘m miqdoridagi mablag‘ o‘zlashtirilishi rejalashtirilgan. 501 ta loyiihalar doirasida jami 527 ta inshoot va 5,5 ming kilometr ichimlik suv tarmoqlarini qurish va rekonstruksiya qilish ko‘zda tutilgan. Natijada aholining markazlashgan ichimlik suv bilan ta’minlanganlik darajasi 69,7 foizdan 74,2 foizga yetkaziladi. 1,6 million nafar aholi ilk bor markazlashgan ichimlik suv bilan ta’minlanadi. 3,4 million nafar aholining ichimlik suv ta’minoti yaxshilanadi.  

Tadbirda jurnalist va blogerlarni qiziqtirgan savollariga soha mutasaddilari tomonidan batafsil  javob berildi. 

02.03.2022

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar