
Xalq bilan muloqot xalqchil siyosatning eng muhim ustuvor yo‘nalishidir. Ayni kunlarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari o‘zi saylangan okruglarda bo‘lib, aholi bilan muloqot qilmoqda, ularning muammolarini, murojaatlarini tinglab, shu asosda muayyan chora-tadbirlarni ko‘rishmoqda.
Parlament quyi palatasi deputati Mavjuda Hasanova Surxondaryo viloyati Uzun tumanida bo‘ldi. Deputat dastlab tuman hokimining birinchi o‘rinbosari B.Hasanov va hududdagi boshqa mutasaddilar bilan birga mahallalarda o‘rganish ishlarini amalga oshirdi. Mazkur jarayonda xalq vakili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoniga asosan “Oqostona” mahalla fuqarolar yig‘inidagi “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 40 nafardan ortiq fuqaroga 15 sotixdan yer ajratilishida ishtirok etdi.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |