Shavkat Mirziyoyev
“Oʼzbekiston — 2030” strategiyasi mamlakatning barqaror va inklyuziv rivojlanishini taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan va Oʼzbekistonning uzoq muddatli rivojlanish yoʼnalishlarini belgilaydi.
Hokim yordamchisi: Barchasi aholi turmush farovonligi uchun

Buxoro viloyatining 544 ta mahalla fuqarolar yig‘inlarida faoliyat yuritayotgan hokim yordamchilari tomonidan aholi turmush darajasini yuksaltirish maqsadida asosiy drayver yo‘nalishlar belgilab olingan.

Endilikda yordamchilar tomonidan mahallalarda chorvachilik, parrandachilik, asalarichilik, issiqxonachalik, dehqonchilik, bog‘dorchilik, xizmat ko‘rsatish yo‘nalishlari rivojlantirilmoqda.

Romitan tumanidagi 1-sektorga qarashli “Qalaychorbog‘” mahalla fuqarolar yig‘ini aholisini ish bilan band qilish, doimiy daromadli bo‘lishini ta’minlash va tadbirkorlikka jalb qilish maqsadida hokim yordamchisi tomonidan “Mikrokredit bank” ATB tuman filialidan imtiyozli kredit asosida 42 ta oilaga jami 57 bosh qoramol, 10 ta xonadonga 50 ta qo‘y, 8 ta oilaga 400 bosh parranda tarqatildi. 4 ta xonadon tomorqa yer maydonida 9 sotix issiqxona tashkil etildi.

–  O‘zimizga biriktirilgan mahallani obod qilish, fuqarolar uchun zarur sharoitlarni yaratib berish, ularning bandligini ta’minlash va tadbirkorlikka jalb qilish asosiy maqsadimizdir, – deydi hokim yordamchisi Zamir Baxshullayev. – Ushbu tashkillashtirilgan ishlar mahallalarning iqtisodiy yuksalishiga, kambag‘allikni qisqartirishga, aholi farovonligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. 

19.02.2022

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Суғурта фаолиятиПрезидент почтаси19 Sentabr 202427 Sentabr 2024Farg`ona viloyati
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Пиллачилик соҳасига оид масалаларИшонч телефони26 Iyun 20243 Iyul 2024Andijon viloyati
Электр таъминотидаги узилишларИшонч телефони28 Iyun 202419 Iyul 2024Sirdaryo viloyati
Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланишиИшонч телефони1 Iyul 202419 Iyul 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar