2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
SUDYАLAR SAYYОR UCRASHUV O‘TKAZMOQDA

Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudlari sudyalari tomonidan joylarda jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish, qabul qilingan qonun hujjatlarini aholiga tushuntirish ishlari boshlab yuborildi. Mazkur targ‘ibot-tashviqot loyihasi joriy yilning sentyabr-dekabr oylarida amalga oshiriladi.

Ana shunday targ‘ibot tadbirlaridan biri Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Yalang‘och” mahallasida o‘tkazildi.  

Tumanda huquqbuzarliklar profilaktikasi,  jinoyatchilikka qarshi kurashishga oid ma’lumotlar berish barobarida,  fuqarolarning huquqiy masalalar yuzasidan muammolarini tizimli hal etishda ham maslahat berildi.  

– Biz aholi bilan yuzma-yuz uchrashib,  ularga jinoyat turlari,  uning oldini olishdagi chora-tadbirlar xususida tushuntirishlar o‘tkazyapmiz,  – deydi jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudi sudyasi Zoir Kamolov.  – Bu esa bilib-bilmay jinoyat sodir etish holatlarini kamaytiradi.  2018 yil holatiga ko‘ra,  ushbu tumanda faqat “Katta Qorasuv” mahallasida jinoyat sodir etilmagan.  Qolgan mahallalarda kichik bo‘lsa-da jinoyatlar sodir bo‘lgani aniqlangan.  Biz ana shu jinoyatning sabab va oqibatlarini aholining o‘zi bilan muhokama qilib,  sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan turli noxush holatlarning oldini olishga harakat qilyapmiz.   

Endilikda sudyalar huquqbuzarliklarning oldini olish,  aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish,  har bir mahallani jinoyatchilik va huquqbuzarliklardan holi hududga aylantirishga qaratilgan turli tadbirlarda ishtirok etadi.  Ushbu tadbirlar aholi loqaydligi va beparvoligiga yo‘l qo‘ymaslik,  jamiyatda tinch va osoyishta yashash sharoitini yaratish maqsadida o‘tkazilmoqda.  

Sayyor uchrashuvda joriy yil 8 oyi davomida mahallada sodir etilgan o‘g‘irlik,  firibgarlik,  ma’muriy nazorat qoidalarini buzish,  giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilish kabi jinoyatlar sodir etilishi sabab va oqibatlari xususida so‘z bordi.   

– Keyingi paytda sudyalarning xalqqa yaqinlashayotganini ko‘ryapmiz,  – deydi Turobjon To‘raev.  – Bu aholining xuquqiy savodxonligini oshirishga katta yordam beryapti.  Ilgari sudyalar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilmasdik,  ulardan huquqiy maslahatlar ololmasdik.  Bu kabi uchrashuvlarda ular bilan ochiq suhbat qila olyapmiz.  Qonun barchaga birdek barobar ekani olib borilayotgan islohotlarda ham ko‘rinyapti.  Bu kabi sa’y-harakatlardan so‘ng fuqarolar o‘z haq-huquqlarini yanada yaxshiroq anglab etyapti.   

Sayyor uchrashuvda sudyalar aholiga sudlarning faoliyati,  mamlakatimizda sud-huquq sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar xususida so‘zlab berdi.  

 

Farruh To‘raxo‘jaev, 
jinoyat ishlari bo‘yicha
Mirzo Ulug‘bek tuman sudi sudyasi

12.10.2018

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar