Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov Mingbuloq tumanida sayyor qabul o‘tkazdi.
Sayyor qabulda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining viloyatdagi Xalq qabulxonasi, huquqni muhofaza qilish idoralari, sudlar, banklar, qishloq xo‘jaligi, qurilish, transport, ijtimoiy soha, kommunal xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar mutasaddilari ishtirok etdi.
Viloyat rahbari o‘z muammoli masalalarini hal etish maqsadida kelgan yurtdoshlarimizning murojaatlari, taklif va mulohazalariga quloq tutdi.
Qariyb yetti soat davom etgan qabulda 200 nafardan ziyod fuqarodan ishga joylashish, uy-joy, yer va bo‘sh bino, bank krediti olish, elektr tarmog‘i tortish, davolanish uchun yordam, kommunal xizmatlarga ulanish kabi masalalardagi murojaatlar kelib tushdi.
Viloyat hokimi har bir murojaat yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi. Bajarilishi muddat talab qiladigan masalalar alohida nazoratga olindi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлаш | Ишонч телефони | 12 Fevral 2024 | 21 Fevral 2024 | Qoraqalpog`iston Respublikasi |
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслиги | Ишонч телефони | 26 Oktabr 2023 | 23 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақа | Ишонч телефони | 19 Fevral 2024 | 26 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалалар | Ишонч телефони | 20 Fevral 2024 | 23 Fevral 2024 | Samarqand viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдам | Ишонч телефони | 27 Yanvar 2024 | 24 Fevral 2024 | Buxoro viloyati |