2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Namangan tajribasi: rahbarlar ehtiyojmand xodimlarining yashash sharoitini o‘rganmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida joriy yilning 15 yanvar kuni o‘tkazilgan mahallabay ishlashning yangi tizimini yo‘lga qo‘yish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha 2022 yildagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida ilgari surilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Namangan viloyati hokimligi tomonidan ezgu tashabbusga qo‘l urildi.

Viloyat hokimi, senator Shavkat Abdurazzoqov viloyat aholisiga murojaat bilan chiqib, “Mulkchilik shaklidan qat’iy nazar barcha boshqarma, tashkilot, korxona va muassasalar rahbarlari, tadbirkorlar shaxsiy namuna ko‘rsatishi kerak. Har bir jamoa va mahalladagi ehtiyojmand oilalarga qo‘shimcha daromad keltiradigan manba beriladi. Jamoasidagi ehtiyojmand oila vakili borligini bilib turib, bemalol yurishga hech bir rahbarning haqqi yo‘q”, deya ta’kidladi.

Davlatimiz rahbarining kambag‘allikni qisqartirish, aholi daromadlarini oshirish, eng asosiysi mehnat jamoalari va mahallalarda sog‘lom muhitni shakllantirish, boqimandalikka barham berish yuzasidan olib borayotgan siyosatining ijrosi bo‘yicha “Namangan tajribasi” yo‘lga qo‘yiladi. Ya’ni, tashkilotlarning birinchi rahbarlari o‘z namunasi bilan mahalla fuqarolar yig‘inlariga tayinlangan hokim yordamchilariga ham ko‘mak beradi.

Hokim bir necha yillardan buyon ishlab kelayotgan farrosh va ishchi-xodimlar uyiga bordi.

Ularning xonadonlarda parrandachilikni rivojlantirish sari ilk qadamlar qo‘yildi. Ushbu namuna viloyat bo‘ylab keng ko‘lamli harakatga aylantiriladi.

Shuningdek, mahalla aholisi bilan ham muloqot o‘tkazildi. Murojaatlarni hal etish borasida shu yerning o‘zida tegishli mutasaddilarga topshiriqlar berildi.

Viloyat Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i Ahror Mansurov ham mahalla tizimida uzoq yillardan beri mehnat qilib kelayotgan  xodimlarni yo‘qlab bordi. Ularning xonadonlarida bo‘lib, yashash sharoitlarini o‘rgandi. Yangi Namangan, Norin va Pop tumanlarida yashovchi ishchilar hamda ularning yaqinlari bilan muloqot o‘tkazib, murojaatlarga quloq tutdi. Ma’lumot uchun, tizimda ayni vaqtda 1 ming 726 nafar ishchi-xodim faoliyat yuritib keladi.

Kelgusida ham ehtiyojmand ishchilarga alohida e’tibor qaratish ko‘zda tutilgan.

25.01.2022

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar