2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Xalq qabulxonasi: topshiriqlar nazoratga olindi

Prezidentimizning 2022 yil 15 yanvardagi videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Buxoro viloyati G‘ijduvon tumani Xalq qabulxonasi va mutasaddi tashkilotlar hamkorligida 24 soat davomida ishlaydigan shtab faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

– Shtabda tumandagi tuproq yo‘llarni shag‘allashtirish, elektr, gaz, suv va ko‘mir ta’minotidagi muammolarni tezkor hal etish masalalari va amalga oshirilgan ishlar tahlil qilib boriladi, – deydi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining G‘ijduvon tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri Usmon Halimov. – 2021 yilda aholi murojaatlari yuzasidan tumandagi 113 kilomter tuproqli yo‘llar shag‘allashtirildi. Joriy yilda tumandagi og‘ir hududlardan biri hisoblangan Baqqolar mahalla fuqarolar yig‘ini va 1-sektor hududidagi Qassabon mahalla fuqarolar yig‘inidagi tuproqli jami  1,5 kilometr yo‘llar shag‘allashtirildi. 

– Sayyor qabulda murojaatim ijobiy hal etildi, – deydi Qassabon mahalla fuqarolar yig‘ini, Qassabon qishlog‘ida yashovchi Zokir O‘rinov. – Murojaatimga asosan Qassabon va Arabon qishloqlarini bog‘lovchi ichki tuproq yo‘llari shag‘allashtirildi. 

Tahlillarga ko‘ra, 2021 yilda tuman Xalq qabulxonasiga ijtimoiy nafaqalar, aliment undirish, moddiy yordam, gaz, suv, elektr ta’minoti, kredit olish, yo‘l qurilishi, transport masalasida va ish bilan ta’minlashni so‘rab murojaat qilgan fuqarolar soni ko‘paygan. Xalq qabulxonasiga kelib tushgan va nazoratdagi jami 2 ming 791 ta murojaatning 2 ming 541tasi ya’ni 93,3 foizi qanoatlantirilgan. Ularning 1 ming 989 tasi ya’ni 73 foizi bo‘yicha muammolar ijobiy hal etilgan. 

19.01.2022

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Таълим кредитиИшонч телефони8 May 202423 May 2024Xorazm viloyati
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Тадбиркорлик фаолияти учун дастурлар асосида имтиёзли кредитлар (иссиқхона, чорва, парранда, балиқ, қуён, асалари, тикувчилик, боғдорчилик, ҳунармандчилик ва бошқалар)Ишонч телефони9 Aprel 202419 Aprel 2024Andijon viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar