2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Sayyor qabullar murojaatlar yechimidir

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual va Xalq qabulxonalariga joriy yilning shu kuniga qadar Buxoro viloyati Peshku tuman fuqarolari tomonidan 3 ming 756 ta kelib tushgan.

Murojaatlarning 3 ming 725 ta ko‘rib chiqilgan. 3 ming 383 tasi yoki 91 foizi qanoatlantirilgan. Shundan 2 ming 789 tasi yoki 75 foizi ijobiy hal qilingan. Bu o‘tgan yilning shu vaqtiga taqqoslaganda murojaatlarni ijobiy hal etish darajasi 22 foizga oshgan, deganidir.

Buning asosiy sabablaridan biri Xalq qabulxonalari bilan birga sektor rahbarlarining eng og‘ir va olis hududlarda ishlashni “mahallabay” tashkil etgani hamda sayyor qabullar natijasidir.

2021 yil dekabr oyi boshida tuman Xalq qabulxonasi xodimlari tomonidan Navbahor mahallasidagi ko‘p qavatli uylarda istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazilgan edi. Natijada 22-xonadonda yashovchi fuqaro R. Salimova o‘zi yashab turgan xonadoni va qo‘shnilarning xonadonlaridagi elektr simlari ulangan bo‘lib, ochiq holatda qoldirib ketilganligini bildiradi. 23-xonadonda yashovchi fuqaro N.Ismatova xonadonidagi isitish moslamasi (ariston) nosoz holatga kelganligini aytib yordam so‘raydi.

– Tuman Xalq qabulxonasi tomonidan mazkur murojaatlarning ijrosini ta’minlash maqsadida murojaatni virtual tizim orqali qonuniy ko‘rib chiqish uchun tuman prokuraturasiga yuborilib, nazoratga olindi, – deydi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Peshku tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri H.Rahmonov. – Hozirgi kunda ushbu murojaatlar “Peshku bunyodkor qurilish montaj" MCHJ korxonasi tomonidan bartaraf etildi.

Peshku tumanining Navbahor MFYdagi Navbahor ko‘chasida 2 ta 4 qavatli energiya samarador va kam uglevodli uylar “Peshko‘ Bunyodkor qurilish montaj” MCHJ hamda “Peshko‘ G‘isht servis” xususiy korxonasi tomonidan qurilgan.

Mazkur uylar 20 yillik imtiyozli kredit asosida kam ta’minlangan oilalar, nogironligi bor fuqarolarga berilgan.

– Nogironligi bor qizim Ra’no Salimova bilan shu uyda yashaymiz, - deydi Raxima Salimova. –Uyimizning tom qismida quyosh panellari o‘rnatilgan. Televizor ko‘rishda, chiroqlarni yoqishda xonadonimizda quyosh panellaridan foydalanamiz. Shuningdek, O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan maishiy texnikalar ham bemalol mana shu quyosh panellaridan olinadigan elektr energiyalarda ishlaydi. Oilamizning iqtisodiga juda ham foyda. Lekin quruvchilar tomonidan xonadonimizdagi va qo‘shnilarning xonadonlaridagi elektr simlar ulab, ochiq holatda qoldirib ketilgani uchun mutasaddilarga murojaat qildim. Murojaatim ijobiy hal etildi. 

09.01.2022

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar