Buxoro viloyati Romitan tumani Qahramon mahalla fuqarolar yig‘ini Istiqlol qishlog‘ida yashovchi 1-guruh nogironi Toshpo‘lot O‘rinovning murojaati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Romitan tumanidagi Xalq qabulxonasi tomonidan ijobiy hal etildi.
Murojaat tumanning Xalq qabulxonasi mudiri boshchiligida tuman hokimi, 2-sektor rahbari va boshqa tegishli mutasaddilar tomonidan joyida borib o‘rganildi.
– O‘rganish natijalariga ko‘ra, fuqaro Toshpo‘lot O‘rinovning xonadoniga amaliy yordam ko‘rsatish chora-tadbirlari belgilandi, – deydi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Romitan tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri G‘.Muyasarov. – Hamkorlikdagi sa’y-harakatlar tufayli saxovatpesha homiylar yordamida 1-guruh nogironi fuqaro Toshpo‘lot O‘rinovning xonadonida 20 million so‘mdan ortiq mablag‘ evaziga yengil konstruksiyali zamonaviy hammom, hojatxona qurildi. Xonadonga yangi eshiklar o‘rnatilib, murojaatidagi masalalar o‘z yechimini topdi. Turmush o‘rtog‘i M.Karimova esa hududda yaqinda ish boshlagan WBM “ROMITEX” MCHJ korxonasiga ishga joylashtirildi.
Joriy yilning o‘tgan 11 oyida tuman Xalq qabulxonasiga hududda yashovchi fuqarolardan 1 ming 638 ta murojaat kelib tushgan. Shulardan 1 ming 227 tasi qanoatlantirilgan. 900 tadan ortig‘i ya’ni 74 foizi ijobiy hal etilgan. Tuman Xalq qabulxonasi, sektorlar hamda tumandagi davlat idora va tashkilotlarning hamkorlikdagi sa’y-harakati tufayli ushbu hududda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashning natijadorligi sezilarli darajada ortmoqda.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлаш | Ишонч телефони | 12 Fevral 2024 | 21 Fevral 2024 | Qoraqalpog`iston Respublikasi |
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалалар | Ишонч телефони | 20 Fevral 2024 | 23 Fevral 2024 | Samarqand viloyati |
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслиги | Ишонч телефони | 26 Oktabr 2023 | 23 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдам | Ишонч телефони | 27 Yanvar 2024 | 24 Fevral 2024 | Buxoro viloyati |
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақа | Ишонч телефони | 19 Fevral 2024 | 26 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |