
Davlatimiz rahbarining shu yil 21 dekabrdagi qaroriga ko‘ra, "Temir daftar" ro‘yxatida bo‘lgan oilalarga, shuningdek, 18 yoshga to‘lmagan farzandlari bor boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi yoki nafaqasini oluvchi hamda 18 yoshgacha bolalar uchun nogironlik nafaqasini oluvchi oilalarga 800 ming so‘m miqdorida bir martalik moddiy yordam ko‘rsatilmoqda.
Samarqand shahrida ham 2791 oila Yangi yil bayrami oldidan ushbu yordamdan bahramand bo‘lmoqda.
Bugun shahar hokimi B.Obloqulov ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalar holidan xabar olib, ularga Prezidentimizning Yangi yil bayram tabrigi, 800 ming so‘m pul va hokimlikning sovg‘alarini topshirdi.
Keksa va nogironligi bo‘lgan kishilar, boquvchisini yo‘qotgan oilalar vakillari bunday e’tibor va g‘amxo‘rlik uchun davlatimizdan minnatdorliklarini bildirdilar.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |