2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
“Ayollar daftari” ga kiritilgan 75 ming nafardan ziyod xotin-qizning muammolari hal etildi

Mamlakatimizda ijtimoiy kiyin axvolga tushib kolgan, imkoniyati cheklangan kishilarga ko‘maklashish, ularni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash, imkon darajasida mehnatga jalb etish, jamiyat ijtimoiy-siyosiy hayotining turli jabhalarida faol ishtirok etishiga, o‘z salohiyatini yuzaga chiqarishiga ko‘maklashish hamda ularning haq-huquq va manfaatlavrini himoya qilish borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan yurtimizda “Saxovat va ko‘mak” umummilliy harakati doirasida “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” ga kiritilgan hamda jismoniy imkoniyati cheklangan fuqarolarga manzilli ijtimoiy yordam ko‘rsatish tizimi yo‘lga qo‘yilgan. 

Xususan, nogironligi bo‘lgan shaxslarni hayotga moslashtirish va ijtimoiy reabilitatsiya qilish borasida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu borada Andijon viloyatida so‘nggi yillarda 4 ta tibbiy-ijtimoiy muassasa rekonstruksiya qilinib, zamonaviy talablarga mos 100 o‘rinli davolash-reabilitatsiya maskanlari foydalanishga topshirildi. 

Aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida qariyb 142 mingta kam ta’minlangan oilalarga mahalliy byudjetdan 480 milliard so‘m ijtimoiy nafaqalar to‘lab berildi. Shuningdek, Davlatimiz rahbarining alohida qarorlari bilan viloyatdagi kam ta’minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj 10 ming 641 ta oilaning 22 ming 506 nafar 18 yoshgacha bo‘lgan farzandlari uchun 11 milliard so‘mdan ziyod mablag‘ moddiy ko‘mak sifatida ajratildi. 

 Joriy yilning o‘tgan davrida 1 ming 150 nafardan ziyod murojaat qiluvchilarga 11 turdagi protez-ortopediya moslamalari yetkazib berildi. Pensioner, kam ta’minlangan oilalarda istiqomat qiluvchi va nogironligi bo‘lgan shaxslarning 7 ming 400 nafariga davolash-profilaktika muassasalarida davolanish uchun yo‘llanma berildi. Bundan tashqari, 656 nafar xotin-qizga nogironlar aravachasi, eshitish moslamasi, qo‘ltiq tayoq va boshqa turli reabilitatsiya vositalari bepul topshirildi, 92 nafar qiz-ayolga respublika shifoxonalarida murakkab  jarrohlik amaliyoti orqali salomatligini tiklash uchun 1 milliard 746 million so‘mdan ziyod mablag‘ yo‘naltirildi. 

“Ayollar daftari” ga kiritilgan 75 ming nafardan ziyod xotin-qizning muammolari o‘z yechimini topdi, Xususan, ularning muammolarini hal qilish, iqtisodiy islohotlarga jalb qilish maqsadi uchun davlat tomonidan 276 millaard so‘m mablag‘ ajratildi. Shundan 236 milliard so‘mi 20 ming nafarga yaqin tadbirkorlik qilish istagidagi xotin-qizlarga berilgan imtiyozli kreditdir. Shuningdek, 25 ming 122 nafar ayolni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda salomatligini mustahkamlash uchun qariyb 19 milliard so‘m mablag‘ sarflandi. Ko‘makka muhtoj opa-singillarimizni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash uchun 2 milliard 700 million so‘m miqdorida bir martalik moddiy yordam ko‘rsatildi. Tibbiy yordamga muhtoj 12 ming 240 nafar xotin-qizning davolanishi uchun esa 2 milliard 100 million so‘m miqdorida mablag‘ ajratildi.  

Noturar joylarda istiqomat qilayotgan, qiyin sharoitlarda yashayotgan, nogiron yoki nogiron farzandi bo‘lgan 300 nafardan ziyod  xotin-qiz uy-joy bilan ta’minlandi. Shu bilan birga, uy-joyi ta’mirga muhtoj 1-guruh nogironligi bo‘lgan 255 nafar xotin-qizning uy-joyi hokimliklar va homiylar tomonidan ta’mirlab berildi.  

Viloyatda bu boradagi ishlar reja asosida tizimli ravishda davom ettirilmoqda. Ushbu sa’y-harakatlar eng avvalo, nogiron, jismoniy imkoniyati cheklangan hamda qiyin sharoitlarda yashayotgan aholi, ayniqsa, ayollarni qo‘llab-quvvatlashga, ularni o‘z hayotlaridan rozi bo‘lib yashashlarini ta’minlashga qaratilgan.   

26.12.2021

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar