Bundan qariyb 30 yil muqaddam taniqli qoraqalpoq shoiri Ibroyim Yusupov qalamga olgan Mo‘ynoq tumanidagi Uchsay qishlog‘ida bugun jo‘shqin hayot qaytadan barq ura boshladi.
Orol fojiasidan jiddiy jabr ko‘rgan ushbu chekka qishloq Prezidentimizning alohida e’tibori tufayli zamonaviy hududga aylanmoqda.
– “Obod qishloq” dasturiga Mo‘ynoqdan ikkita qishloq kiritildi, – deydi Mo‘ynoq tumani hokimi Saylaubay Daniyarov. – Ulardan biri Uchsay qishlog‘i. Hozir bu erda katta qurilish-ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari olib borilyapti. Zamonaviy maktabgacha ta’lim muassasasi, qishloq vrachlik punkti qad rostladi. Yo‘llar ta’mirlandi va eng asosiy muammolardan bo‘lgan ichimlik suvi bilan ta’minlandi. Ko‘chalarga yoritgichlar o‘rnatildi.
Elektr tarmoqlari ta’mirlanib, yangi transformatorlar o‘rnatilmoqda. Dastur bo‘yicha rejaga kiritilgan 2 gaz taqsimlash punkti va 3,1 kilometr gaz tarmog‘i ham ta’mirlandi.
Hududdagi 6-umumta’lim maktabi va 4-umumta’lim maktabi filiali ta’mirdan chiqarildi. Kelgusida otalar choyxonasi, mahalla guzari, do‘kon, kichik bozor va hammom qurish rejalashtirilgan.
– Uchsay portida bir paytlar minglab odamlar ishlardi, – deydi “Uchsay“ ovul fuqarolar yig‘inida yashovchi mehnat faxriysi Adiljon Bigeldiev. – O‘tgan asrning 80-yillariga kelib dengiz chekina boshladi. Odamlar ishsiz qoldi. Shundan keyin qishloqdan baraka aridi. Mana bugun qaytadan yangi hayot boshlanayotganiga guvoh bo‘lyapmiz. Mo‘ynoqdagi eski baliq konserva zavodi o‘rnida yirik korxonalar qurilmoqda. Har bir xonadonda toza suv oqib turibdi.
Hududda 235 xonadon bo‘lib, ularning 17 tasida kadastr hujjati mavjud bo‘lmagan, 7 xonadonda noqonuniy qurilishlar aniqlangan. Bu kabi masalalar bartaraf etildi. Qishloqdagi ko‘p qavatli turar joy hamda markaziy ko‘cha bo‘yidagi uylarning fasad qismi qayta ta’mirlandi.
Esimxon Qanoatov, Maqsad Habibullaev (surat), O‘zA
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақа | Ишонч телефони | 19 Fevral 2024 | 26 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалалар | Ишонч телефони | 20 Fevral 2024 | 23 Fevral 2024 | Samarqand viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдам | Ишонч телефони | 27 Yanvar 2024 | 24 Fevral 2024 | Buxoro viloyati |
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслиги | Ишонч телефони | 26 Oktabr 2023 | 23 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлаш | Ишонч телефони | 12 Fevral 2024 | 21 Fevral 2024 | Qoraqalpog`iston Respublikasi |