2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Davlat xizmatlari markazlari to‘rt yoshda, xizmat ko‘rsatish besh daqiqada!

Davlat xizmatlari – bu eng ko‘p quloqqa chalinadigan so‘zlarga aylandi. Axir 160 dan ortiq xizmatlar davlat xizmatlari markazlari orqali bir joyda ko‘rsatilmoqda.

Demak, bundan to‘rt yil ilgari aynan shu xizmatlardan foydalanish uchun odamlar shuncha idoraga borgan. Bir necha xizmatga ehtiyoji bor kishi ishlarini bir kunda bitirishi mutlaqo imkonsiz edi. Bir idoraga borib ishini bitirib chiqib ketishning o‘zi dargumon edi, hatto. Xizmatlar yaxshi yo‘lga qo‘yilmaganidan turnaqator navbatlar, turli byurokratik to‘siqlardan osonlikcha o‘tib bo‘lmasdi.  

Bundan o‘n yilcha muqaddam haydovchilik guvohnomasini olganimda shunday holga tushgandim... 

Davlat xizmatlari markazlari haqida maqola va xabarlar yozgan ekanmanu, lekin biror marta markaz xizmatidan foydalanmagan ekanman. Haydovchilik guvohnomasini olish bahonasida Toshkent shahar Yashnobod tumani davlat xizmatlari markaziga bordim.  

Zamonaviy binodagi shart-sharoitlar har qanday kishining dilini yorishtirib yuboradi. Xodimlarning xushmuomalasi, elektron navbat tizimi borligi, kutish zalidagi qulay sharoitlar... Hammasi risoladagidek!  

Elektron navbat raqamini olishim bilan bu raqam egasi qayerga borishi kerakligi haqida “elektron tablo”da so‘zlar paydo bo‘ldi va yana ovozli chaqiruv yangradi. Men foydalanmoqchi bo‘lgan xizmat bo‘yicha navbat kutish ham shart emas ekan.  

Xizmat ko‘rsatuvchi operator huzuriga borganimdan keyin mendan pasport va eski haydovchilik guvohnomasini so‘rashdi. Taqdim etganimdan keyin bir necha daqiqa o‘tgach, u elektron tarzda to‘lov qilishim mumkinligini va shu yerda suratga tushishimni aytdi (va bu bajarildi).  

Oradan besh daqiqa o‘tgach qo‘limga yangi haydovchilik guvohnomasini taqdim etdi! 

To‘g‘risi, hayratimni yashira olmadim. Hujjatlar taqdim etilganidan keyin biror soatdan keyin olsam kerak, ungacha markazni bir ko‘zdan kechirib chiqaman, deb o‘ylagandim. 

Baribir shunday qildim, markazni nafaqat ko‘zdan kechirim, balki bir necha kishi bilan suhbatda ham bo‘ldim. 

- Markazga elektron imzo kalitini olish uchun kelgandim, - deydi “Giomed” firmasi direktori Ulug‘bek Palvanov. – Navbatim kelishi bilan ishim tezda bitdi. Aslida bu yerga kelmay turib ham bu ishni elektron tarzda amalga oshirsam bo‘lar edi. Yo‘lim tushganiga markazga kirib o‘tdim. Turli ishlar bilan kelgan tadbirkorlar ko‘p ekan. Shunga navbatimni biroz kutib qoldim. Operatorlar ko‘paytirilsa yana ham yaxshi bo‘lar edi.  

- Tadbirkorlikni qachon boshlagansiz? O‘sha vaqtda qiyinchilikka duch kelganmisiz?  

- Bundan o‘n yil oldin tadbirkorlikni boshlaganman. Albatta, hozirgi davlat xizmatlari ko‘rsatilishi bilan avvalgisini hatto solishtirib ham bo‘lmaydi. Idorama-idora yurish, ishim bitmay hunob bo‘lishlar ko‘p bo‘lgan, to‘g‘risi. Hozir juda katta qulaylik yaratildi. Har qanday ish bo‘yicha bir joyga kelish, hech qanday byurokratik to‘siqsiz ish bitirish – bu juda katta imkoniyat. Tizim juda yaxshi o‘ylangan va amalda ishlamoqda.  

Markazga kelib ishini bitirib chiqib ketayotgan boshqa fuqarolar ham qulaylikdan minnatdor ekanliklarini ta’kidladi.  

Bu davlatimiz rahbarining “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan ulug‘vor g‘oyasi amalda ta’minlanayotgani natijasidir!   

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi bundan bor-yo‘g‘i to‘rt yil oldin tashkil etilgan. O‘tgan qisqa vaqt mobaynida bu tizim xalqimiz uchun eng kerakli, muhimi, eng qulay manzilga aylandi.  

Agentlik axborot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, tizimdagi davlat xizmatlari markazlari orqali 2018 yilgacha bo‘lgan davrda faqat tadbirkorlik sub’ektlariga 37 turdagi davlat xizmatlari ko‘rsatilgan bo‘lsa, bugungi kunda ushbu xizmatlar soni qariyb 162 tani tashkil qilmoqda.

2017 yilda tadbirkorlarga 170 mingdan ortiq davlat xizmatlari ko‘rsatilgan bo‘lsa, bugungi kunda jismoniy va yuridik shaxslarning davlat xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha 40 millionga  yaqin murojaatlari qabul qilindi.

Tashrif buyuruvchilar uchun qulay, ko‘rkam bo‘lgan Davlat xizmatlari markazlarining 160 ga yaqin (70 tasi davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida) innovatsion binolari barpo etildi. Qirqqa yaqin binoda qurilish ishlari olib borilmoqda.
Markazdan olisda joylashgan hududlarda va aholi zich joylashgan mahallalarda davlat xizmatlari markazining 150 ga yaqin filiallari tashkil etildi, bugungi kunda ular tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar soni qariyb 280 mingdan oshdi.  
Olis hududda yashovchi aholiga yengillik yaratish, ularning vaqti va mablag‘ini tejash maqsadida 1 millionga yaqin sayyor (mobil) xizmatlar ko‘rsatildi.

Davlat xizmatlari ko‘rsatishda ilk bora xizmat ko‘rsatishning eksterritorial tamoyili joriy etildi. Buning ma’nosi shuki, mamlakatning qayerida bo‘lishingizdan qat’i nazar, davlat xizmati markaziga kirib xizmatlardan foydalanish mumkin. Avvalgidek yashash hududingizga boring, deyilmaydi.  

Tadbirkorlik sub’ektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish bilan bir vaqtda onlayn bank hisobraqamlarini ochish mexanizmi yo‘lga qo‘yildi. Bunda muhr va shtamplardan foydalanish majburiyati bekor qilindi.

Davlat xizmatlarini olishda navbatni boshqarish, xodimlar faoliyatini baholab borish hamda xizmat ko‘rsatish samarasini avtomatik tarzda tahlil qilib boruvchi “aqlli” tizim joriy etildi.

Navbatni tartibga solish va ularga xizmat ko‘rsatishni baholab borish maqsadida 200 dan ortiq elektron navbat hamda baholash tizimlari aholi ko‘proq boradigan markazlarga o‘rnatildi. 
Tadbirkorlar bo‘lajak biznes hamkoriga oid, masalan, ro‘yxatdan o‘tgan vaqti, ustav jamg‘armasi miqdori, muassislar haqidagi ma’lumotlarni onlayn rejimda olishi yo‘lga qo‘yildi.

Fuqarolar tomonidan farzand tug‘ilganligini qayd qilish bilan bir vaqtda 6 turdagi (shifoxonadan tug‘ilganlik haqidagi tibbiy ma’lumotnoma olish, FHDYO organida tug‘ilganlikni qayd etish, poliklinikaga hisobga qo‘yish, bir martalik nafaqa pulini olish, yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga qo‘yish, bolani davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga navbatga qo‘yish) xizmatlardan foydalanish imkonini beruvchi kompozit davlat xizmatlari ko‘rsatilishi joriy qilindi.

Davlat xizmatlarini onlayn olishda yanada qulayliklar yaratish maqsadida Elektron raqamli imzo sertifikatini onlayn olish imkoniyati yaratildi.  

Davlat xizmatlari ko‘rsatilishida shaffoflikni ta’minlash  maqsadida to‘lovlar haqida sms-xabar yuborilishi joriy qilindi. Bunda davlat xizmatlari ko‘rsatishning har bir bosqichida to‘langan pul mablag‘lari haqida murojaat mualliflarining telefon raqamlariga sms-xabar yuboriladi.

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali yuborilgan arizalar ko‘rib chiqilishida vakolatli organlar tomonidan qonunbuzilishiga yo‘l qo‘yganlik holati bo‘yicha fuqarolar tomonidan mustaqil ravishda Agentlikka xabar berish imkoniyati yaratildi. 
FHDYO organlarida dalolatnoma yozuvlari va gerbli guvohnomalarni “FHDYO yagona elektron arxivi” axborot tizimi orqali elektron ko‘rinishda QR-kodli blankalarda chop etish tizimi yo‘lga qo‘yildi. Buning uchun FHDYO organlari maxsus printer va kompyuter qurilmalari bilan ta’minlandi.  

Tadbirkorlik sub’ektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish bilan bir vaqtda 30 ta tijorat bankda onlayn hisobraqamlar ochish imkoniyati yaratildi.

Ko‘rsatilgan davlat xizmatlari uchun davlat boji va yig‘imlarni elektron to‘lov tizimlari (Click, Payme, Upay, Paynet, Uzcard, Oson, Websum va barcha bank mobil to‘lov ilovalari) orqali to‘lash tizimi joriy etildi.

Tadbirkorlik sohasida litsenziya, ruxsat berish hamda xabardor qilish tartiblarini amalga oshirish imkonini beruvchi “Litsenziya” axborot tizimi ishlab turibdi.  

Qonun hujjatlarida belgilangan 33 turdagi ma’lumot va hujjatlarni aholi hamda tadbirkorlardan talab qilish bekor qilindi. Natijada yiliga o‘rtacha 2 millionga yaqin fuqaroning ovoragarchiligiga chek qo‘yildi va ularning qariyb 30 milliard  so‘mdan ortiq mablag‘i tejaldi.

Olis va chekka hududlarda joylashgan pochta aloqasi ob’ektlarida 17 turdagi davlat xizmatini autsorsing asosida ko‘rsatilishi yo‘lga qo‘yildi.  

Aholi gavjum bo‘lgan va jamoat joylarida, shu jumladan, Toshkent avtovokzali binosida interaktiv infokiosklar o‘rnatildi va o‘ziga o‘zi xizmat qilish tamoyili asosida davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibi joriy qilindi.

Aholi orasida elektron davlat xizmatlaridan foydalanishni ommalashtirish maqsadida davlat xizmatlarining har bir oilaga kirib borishi ta’minlanmoqda.
Hozirgi kunda Agentlik tizimida 3 ming 900 nafar xodim faoliyat yuritmoqda. Shundan 2 ming 259 nafari tuman va shahar davlat xizmatlari markazlari, 968 nafari FHDYO bo‘limlariga to‘g‘ri keladi.  

Davlat xizmatlari markazlari xodimlari xatti-harakatlarini nazorat qilish, shuningdek, ta’magirlikka yo‘l qo‘yilishining oldini olish maqsadida to‘rt mingga yaqin “Sirli mijoz” va reyd tadbirlari o‘tkazilib, huquqbuzar xodimlarga nisbatan intizomiy hamda mehnat shartnomasini bekor qilish bilan bog‘liq choralar ko‘rildi.

Davlat xizmatlari agentligi tomonidan davlat xizmatlarini ko‘rsatish ustidan doimiy tarzda nazorat olib borilmoqda. O‘tgan davr davomida davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasida 546 ming 134 qonun buzilish holatlari aniqlandi. Mazkur qonun buzilish holatlari bo‘yicha vakolatli idoralarga nisbatan 20 ming 416 ta’sir choralari qo‘llanildi.

O‘tgan davr mobaynida Agentlik va uning hududiy tuzilmalariga jami 36 ming 285 murojaat kelib tushgan bo‘lib, ularning 90 foizi qonuniy hal etildi. Birgina “1148” qisqa raqamli ishonch telefoni va ijtimoiy tarmoqlar orqali o‘rtacha bir kunda 500 ga yaqin jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari qabul qilinib, real vaqt rejimida tezkorlik bilan munosabat bildirilib kelinmoqda.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev davlat xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha aholiga yanada keng qulaylik yaratish maqsadida  markazlar orqali ko‘rsatiladigan xizmatlar sonini 200 taga yetkazish vazifasini qo‘ygan. Soha xodimlari buni amalda ta’minlash yo‘lida izchil ishlarni davom ettirmoqda.  

09.12.2021

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar