2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Sudyalar sayyor uchrashuv oʻtkazmoqda

Jinoyat ishlari boʻyicha Toshkent shahar sudlari sudyalari tomonidan joylarda jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish, qabul qilingan qonun hujjatlarini aholiga tushuntirish ishlari boshlab yuborildi. Mazkur targʻibot-tashviqot loyihasi joriy yilning sentyabr-dekabr oylarida amalga oshiriladi.

Ana shunday targʻibot tadbirlaridan biri Mirzo Ulugʻbek tumanidagi “Yalangʻoch” mahallasida oʻtkazildi.

 

Tumanda huquqbuzarliklar profilaktikasi, jinoyatchilikka qarshi kurashishga oid maʼlumotlar berish barobarida, fuqarolarning huquqiy masalalar yuzasidan muammolarini tizimli hal etishda ham maslahat berildi.

 

– Biz aholi bilan yuzma-yuz uchrashib, ularga jinoyat turlari, uning oldini olishdagi chora-tadbirlar xususida tushuntirishlar oʻtkazyapmiz, – deydi Jinoyat ishlari boʻyicha Mirzo Ulugʻbek tuman sudi sudyasi Zoyir Kamolov. – Bu esa bilib-bilmay jinoyat sodir etish holatlarini kamaytiradi. 2018 yil holatiga koʻra, ushbu tumanda faqat “Katta Qorasuv” mahallasida jinoyat sodir etilmagan. Qolgan mahallalarda kichik boʻlsa-da jinoyatlar sodir boʻlgani aniqlangan. Biz ana shu jinoyatning sabab va oqibatlarini aholining oʻzi bilan muhokama qilib, sodir boʻlishi mumkin boʻlgan turli noxush holatlarning oldini olishga harakat qilyapmiz. 

 

Endilikda sudyalar huquqbuzarliklarning oldini olish, aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish, har bir mahallani jinoyatchilik va huquqbuzarliklardan holi hududga aylantirishga qaratilgan turli tadbirlarda ishtirok etadi. Ushbu tadbirlar aholi loqaydligi va beparvoligiga yoʻl qoʻymaslik, jamiyatda tinch va osoyishta yashash sharoitini yaratish maqsadida oʻtkazilmoqda.

 

Sayyor uchrashuvda joriy yil 8 oyi davomida mahallada sodir etilgan oʻgʻirlik, firibgarlik, maʼmuriy nazorat qoidalarini buzish, giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilish kabi jinoyatlar sodir etilishi sabab va oqibatlari xususida soʻz bordi. 

 

– Keyingi paytda sudyalarning xalqqa yaqinlashayotganini koʻryapmiz, – deydi Turobjon Toʻrayev. – Bu aholining xuquqiy savodxonligini oshirishga katta yordam beryapti. Ilgari sudyalar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muloqot qilmasdik, ulardan huquqiy maslahatlar ololmasdik. Bu kabi uchrashuvlarda ular bilan ochiq suhbat qila olyapmiz. Qonun barchaga birdek barobar ekani olib borilayotgan islohotlarda ham koʻrinyapti. Bu kabi saʼy-harakatlardan soʻng fuqarolar oʻz haq-huquqlarini yanada yaxshiroq anglab yetyapti. 

 

Sayyor uchrashuvda sudyalar aholiga sudlarning faoliyati, mamlakatimizda sud-huquq sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar xususida soʻzlab berdi

 

Farruh Toʻraxoʻjayev, 

Jinoyat ishlari boʻyicha 

Mirzo Ulugʻbek tuman sudi sudyas

04.10.2018

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar