2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Sektor rahbarlari yoshlar bilan yanada yaqin

Poytaxtimizning Yakkasaroy tumani “Magic city” parkida yoshlarning taklif-istaklarini inobatga olgan holda “Sektor rahbarlari va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.

Unda tuman hokimi A.Sayfutdinov, tuman DSI rahbari A.Malikov, tuman prokurori o‘rinbosari A.Mamatqulov, tuman IIO FMB boshlig‘i o‘rinbosari S.Hamidov, Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi xodimlari, tumanda joylashgan mahallalarda istiqomat qilayotgan “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar, 11 nafar profilaktik ro‘yxatda turuvchi yosh, shuningdek mahalla fuqarolar yig‘inlarida hokim yordamchisi – yoshlar vakili bo‘lib ishlash istagidagi yigit-qizlar ishtirok etdi.

Joriy yil boshidan buyon tizimli ravishda sektor rahbarlari tomonidan yoshlar bilan uchrashuvlar o‘tkazib kelinmoqda. Bu kabi uchrashuvlarni tashkil etishdan asosiy maqsad, yoshlarni qiynayotgan muammolarni tezkor hal etish, ularning taklif va tashabbuslarini o‘rganib, ularga amaliy ko‘mak berish, yoshlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratilishini ta’minlashdir.

Birgina Yakkasaroy tumanida sektor rahbarlari tomonidan 239 marotaba “Sektor rahbari va yoshlar” uchrashuvlari tashkil etilgan. Uchrashuvlarda yoshlar tomonidan 737 ta murojaat bildirilgan bo‘lib, murojaatlarning 436 tasi joyida hal etilgan, 195 ta murojaat bo‘yicha huquqiy tushunchalar berilgan, 106 murojaat “Yo‘l xaritasi”ga kiritilib ijobiy hal etilgan.

Yakkasaroy tumanida dekabr oyi “Toshkent/Yakkasaroy yoshlarni sevadi” deb nomlangan yoshlar oyligi deb e’lon qilindi. Oylik doirasida “O‘zingni angla” psixologik marafoni, “Tadbirkorlar laboratoriyasi”, “Yoshlar oqshomi” tadbirlari, “Ommaviy kitob o‘qish kuni” aksiyasi, “Sog‘lom hayot uchun yugur va ko‘chat ek!” yugurish marafoni, “Yakkasaroy yoshlari forumi-2021” tadbirlari tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Ma’lumot uchun, Yakkasaroy tumanida 13 487 nafar yosh istiqomat qiladi. Ularning 10 955 nafarining bandligi ta’minlangan. 1064 nafar yosh “Yoshlar daftari”ga kiritilgan bo‘lib, ulardan 1044 nafariga amaliy yordamlar ko‘rsatilib “Yoshlar daftari”dan chiqarilgan, hozirda 20 nafar yosh “Yoshlar daftari”da.

05.12.2021

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar