
Navoiy viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Normat Tursunov Navbahor tumanida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Viloyat hokimi dastlab tumandagi "Dul dul” mahallasida istiqomat qilayotgan fuqarolar bilan uchrashib, ularni qiynayotgan muammolar bilan qiziqdi. Aholi tomonidan bildirilgan muammo va e’tirozlarni, jumladan, mavjud ichki yo‘llarni shag‘allashtirish, suyultirilgan gaz bilan ta’minlash masalalari bo‘yicha qilingan murojaatlarni qisqa muddatlarda bartaraf etish yuzasidan tegishli mas’ullarga topshiriqlar berildi.
Shundan so‘ng, hududdagi 17-, 24-umumiy o‘rta ta’lim maktablarida bo‘lib ta’lim muassasasidagi yaratilgan sharoitlar bilan ham yaqindan tanishdi. Shuningdek tashrif davomida tumanning 2-sektor hududida joylashgan "Dul dul", "Navoiy" oilaviy shifokorlik punktlari, "Sarbozor" mahallasida qurilishi rejalashtirilayotgan oilaviy shifokorlik punkti va mahalla binolarini ham ko‘zdan kechirdi.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |