Jizzax viloyatining barcha shahar va tumanlarida qishloq va mahalla fuqarolar yig‘inlarida tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha “hokim yordamchisi” lavozimini tashkil etish va ular oldida turgan vazifalarga bag‘ishlangan tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda.
Jumladan, Forish tumanida 25 ta mahalla fuqarolar yig‘iniga “hokim yordamchisi” lavozimiga tavsiya etilgan 25 nafar nomzodni tanishtirishga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi.
Unda ushbu lavozimga tavsiya etilgan hokim yordamchilari oldida turgan vazifalar, tumandagi mahallalarda aholini ish bilan ta’minlash, tadbirkorlikka yo‘naltirish, yangi loyihalarni hayotga tadbiq etish borasidagi ishlar haqida so‘z bordi. Tushuntirish va tavsiyalar berildi. Barcha mahallalarda hokim yordamchilariga mehnat qilishi uchun qulay shart-sharoit va imkoniyatlar yaratilayotgani.
Yig‘ilishda “hokim yordamchisi” lavozimiga tavsiya etilgan nomzodlar tanishtirildi. Mazkur tadbirda muhokama etilgan masalalar yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilandi.
Viloyatning boshqa hududlarida ham bu boradagi ishlar davom etmoqda.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдам | Ишонч телефони | 27 Yanvar 2024 | 24 Fevral 2024 | Buxoro viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалалар | Ишонч телефони | 20 Fevral 2024 | 23 Fevral 2024 | Samarqand viloyati |
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақа | Ишонч телефони | 19 Fevral 2024 | 26 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслиги | Ишонч телефони | 26 Oktabr 2023 | 23 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлаш | Ишонч телефони | 12 Fevral 2024 | 21 Fevral 2024 | Qoraqalpog`iston Respublikasi |