
Prezident Shavkat Mirziyoyevning saylovoldi dasturida aytilganidek, kelasi yil 1 yanvardan mamlakatimizdagi 9 ming 259 ta mahallada “hokim yordamchilari” ish boshlaydi.
Davlat rahbari topshirig‘iga ko‘ra, ikki hafta davomida ishchi guruh Jizzax viloyatidagi 299 ta mahallaning salohiyati va muammolarini o‘rganib, ular uchun eng munosib nomzodlarni suhbat asosida tanlab olgan.
Arnasoy, Do‘stlik, Zomin, Mirzacho‘l, Sharof Rashidov tumanlari va Jizzax shahrida tuman hokimlari, hokim o‘rinbosarlari, mahalla raislari va tanlab olingan nomzodlar uchun amaliy seminarlar o‘tkazildi.
Hozir har bitta viloyatga respublikadan vakillar yuborilgan. Ular ham ikki hafta ichida har bir hududda “Jizzax namunasi” asosida ishni tashkil qiladi.
Prezident bugungi videoselektor yig‘ilishida viloyat hokimlariga respublikadan borgan vakillar bilan birga, o‘n kun muddatda har bir mahalla bo‘yicha “hokim yordamchisi” uchun nomzodlarni aniqlash vazifasini qo‘ydi.
Bunda, nomzodning bilimi, tajribasi, tashabbuskorligi hamda u ish boshlaydigan mahallaning o‘ziga xosligi va mavjud imkoniyatlaridan foydalana olish salohiyatiga alohida e’tibor qaratish zarur.
Mutasaddilarga joriy yil 15-dekabrga qadar tanlab olingan nomzodlarni o‘qitish va zarur sharoitlar yaratib berish yuklatildi.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |