
Qo‘shrabot tumanida Samarqand viloyat sudi raisi O.Hayitov va Samarqand viloyat ma’muriy sudi raisi T.Fayziyev ishtirokida fuqarolar bilan uchrashuv, davra suhbati va sayyor qabul o‘tkazildi.
Qabul jarayonida jinoyat, fuqarolik, iqtisodiy va ma’muriy masalalar yuzasidan fuqarolar murojaatlari ko‘rib chiqildi. Sodir qilgan jinoiy qilmishi uchun axloq tuzatish ishlari jazosini o‘tayotgan Sh.Bolmanov hamda M.Uzoqov va ozodlikdan cheklash jazosini o‘tayotgan G‘.Mavlonov, I.Xudoyberdiyev, B.Nazarov, B.Primov va Z.Adilovlar sayyor qabulda murojaat qilib, Jinoyat kodeksining 73-moddasiga asosan muddatidan oldin shartli ravishda ozod qilishni so‘rashdi. Ularning murojaati joyida batafsil o‘rganib chiqildi, alohida suhbatlar o‘tkazildi.
Shundan so‘ng, sayyor sud majlisi o‘tkazildi va jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘shrabot tuman sudi tomonidan qat’iy tuzalish yo‘liga kirgan mahkumlarga nisbatan to‘plangan materiallar ko‘rib chiqildi. Qilmishidan pushaymon bo‘lgan, tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan, sodir qilgan jinoiy qilmishi va uning huquqiy oqibatlaridan o‘ziga tegishli xulosa chiqargan, jazoni ijro etish davrida tartib-intizomi bilan namuna bo‘lgan mahkumlar o‘talmasdan qolgan jazodan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilindi.
Sayyor qabulda bulardan tashqari, oilaviy ajrim, aliment va boshqa masalalarda murojaatlar tushdi. Murojaatlarning 7 tasi ijobiy hal qilindi va qolgan murojaat mualliflariga huquqiy tushuntirish berildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, yilning to‘qqiz oyida davomida viloyat sudi va tuman, shahar sudlari raislari tomonidan xalq qabulxonalarida va joylarda o‘tkazilgan sayyor qabullarda 2968 nafar fuqaro qabul qilinib, ularning murojaatlari eshitilgan.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |