2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Odamlar ertaga emas, bugun yaxshi yashashni xohlaydi

Hafta boshida o‘tkazilgan hokimlik apparat yig‘ilishida Samarqand viloyati hokimi E.Turdimov aholi murojaatlari bilan ishlash, odamlarni qiynayotgan muammolarga yechim topishga mutasaddilarning e’tiborsiz qarayotganini qayd etdi.

Ayniqsa, keyingi kunlarda kommunal soha bilan bog‘liq muammo va kamchiliklar, bu haqda murojaatlar ko‘paygani afsus bilan ta’kidlandi.

– Kuz-qish mavsumi uchun barcha tuman va shaharlarlarda, viloyatda shtablar tashkil etgandik, tegishli sohalar ham o‘z dispecherlik xizmati telefon raqamlarini, telegramdagi manzillarini e’lon qilgandi, – dedi viloyat hokimi. 

– Lekin bugun aholining murojaatlari, ijtimoiy tarmoqlarda bildirayotgan fikrlaridan shu narsa oydinlashyaptiki, e’lon qilingan telefon raqamlariga javob berilmayapti. 

Telegram va ijtimoiy tarmoqlar orqali bo‘layotgan murojaatlar ham ko‘p hollarda e’tiborsiz qolyapti. Natijada odamlar muammoga yechim topmagan, murojaatga javob bermagan rahbardan emas, davlatdan norozi bo‘lyapti. 

Bunday holat aholining kayfiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatyapti. Endi tizimni o‘zgartiramiz. Yagona onlayn navbatchi-dispetcherlik xizmati tashkil etiladi. Har bir murojaat – u tumanda bo‘ladimi, viloyatdami, qat’iy nazoratga olinadi. Mutasaddilar mas’uliyati oshiriladi.

Davlatimiz rahbari inson qadri uchun, inson manfaati uchun, degan g‘oyalarni ilgari surib, islohotlarning asosiy yo‘nalishlari, pirovard natijasini shunga qaratib kelmoqda Kelgusi besh yillikda ushbu maqsad eng ustuvor yo‘nalish bo‘lishi qayta-qayta ta’kidlanmoqda. 

Bundan har bir rahbar xulosa qilib, shunga mos rejalar ishlab chiqishi, o‘z faoliyatni o‘zgartirishi kerak. Ming afsuski, ko‘pchilik rahbarlar o‘zgarmayapti, ularning ongini, dunyoqarashini o‘zgartirish qiyin bo‘lyapti. 

To‘g‘ri, bir marta kechiramiz, ogohlantiramiz, yo‘l-yo‘riq ko‘rsatamiz. O‘zgarmaydigan, zamonga, aholiga talabiga mos ishlamaydigan bo‘lsa, o‘sha rahbarning o‘zini o‘zgartiramiz. Boshqa chora yo‘q, – dedi E.Turdimov.

O‘zgarish, ya’ni mas’uliyatini his qilish, nima uchun ishonch bildirilgani-yu nega ushbu lavozimga qo‘yilgani, zimmasida qanday vazifalar borligini anglash shunchalik qiyinmi? Bu mas’ulliyat bilan bog‘liqmi yoki vijdon uyg‘oqligiga?

Prezident har bir uchrashuvda, har bir so‘zida rahbarning asosiy vazifasi xalqa xizmat qilish, aholi roziligiga erishish deb tursa-yu quyi bo‘g‘indagilarning fikri o‘zgarmasa, asosiy vazifasi nima ekanligini anglamasa. 

Shunday bo‘lgach, odamlarda rahbarga ishonch qoladimi, unga ergashadimi. Bu faqatgina o‘sha tizim, tashkilot yetakchisiga ishonch yo‘qolishi bilan kifoyalanmaydi-da, odamlar davlatdan, siyosatdan norozi bo‘la boshlaydi.

To‘g‘ri, keyingi paytda aholi murojaatlari bilan ishlash, odamlarni qiynab kelayotgan muammolarga yechim topish bo‘yicha yangicha tizim yo‘lga qo‘yildi. Bu boradagi ishlarni yanada kuchaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilandi. Bu yaxshi albatta.

Lekin, buni hamma ham anglab yetmayapti. Ko‘p hollarda qanday bo‘lmasin, murojaatni “yopish” asosiy masala bo‘lib qolyapti. Bir joyda yuzaga kelgan muammo misolida boshqa joylarda ham mavjud yoki uchrashi mumkin bo‘lgan shu kabi masalalarga e’tibor qaratilmayapti. Ayrim mas’ullar uchun murojaatchini muammo hal bo‘lishiga ishontirish va undan tushuntirish xati olish asosiy maqsad hisoblanadi.

Tahririyatga murojaat qilgan fuqaro mahalladagi elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammoga yechim topishda yordam so‘radi. Masalani joyida o‘rgandik, mas’ullar bilan suhbatlashdik. Muammo bir hafta-o‘n kun ichida hal bo‘lishi aytildi, mahallada dastlabki ishlar boshlandi. Murojaatchi masalaga yechim topilganidan xursand bo‘ldi. 

Afsus, bir haftadan keyin fuqaro qo‘ng‘iroq qilib, ish to‘xtab qolganini aytdi. Mas’ullar bilan bog‘landik – qandaydir ehtiyot qism yetishmayotgani va bu viloyatga bog‘liqligini aytishdi. Keyin yana surishtiruv, goh u, goh bu mas’ulga qo‘ng‘iroq qilishga to‘g‘ri keldi. 

Juda kamyob ehtiyot qism emas ekan, tezda topila qoldi, muammo hal bo‘ldi. Gap boshlangan ishni oxiriga yetkazish, vazifaga birozgina e’tibor qaratishda ekan. Bir-ikki kunda hal qilish mumkin bo‘lgan muammo uchun qariyb ikki hafta vaqt ketdi. Bunday holatlar kam deysizmi?

Ikki nafar farzandi bilan yolg‘iz qolgan ayol ota uyidan o‘z haqini ajratib olish, kadastr hujjati tayyorlashda muammoga duch kelayotganini aytib, ko‘z yosh to‘kdi. Tuman hokimligiga chiqdik, xotin-qizlar masalalari bilan shug‘ullanuvchi mas’ulga bu haqda aytdik, kadastr idorasi bilan bog‘landik. Masala tez orada hal bo‘ldi. Ammo bungacha ham ayol shu idoralarga bosh suqqan, muammosiga yechim topmagandi.

Tahririyat aralashgach, muammo hal bo‘ldi, deyish fikridan yiroqmiz. Demoqchimizki, mas’ullar har bir murojaatni, murojaatchini eshitib, masalaga yechim topishga harakat qilsa, turli sarsongarchiliklarning, norozilikning oldi olinadi.

Bugun zamon shiddatli, o‘zgarishlar ko‘lami juda keng. Odamlar ham kechagi befarq kishilar emas. Ertaga emas, bugun yaxshi yashashni xohlaydi. Farovon hayot kechirish uchun g‘ov bo‘layotgan to‘siqlarni olib tashlashga intilishadi, bu borada davlatga, rahbarlarga suyanishadi. 

Albatta, ana shunday sharoitda rahbarlik qilish, odamlarga bosh bo‘lib, ularni o‘z ortidan ergashtirish ham oson emas. Ishonch bildirilib, rahbarlikka qo‘yilgandan keyin ishonchga munosib bo‘lish, odamlar mehrini qozonish talab etiladi yoki...

05.11.2021

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar