2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Murojaatlar: mehnat migrantlarining 711,7 ming dollarlik ish haqi va kompensatsiyalari undirib berilgan

Har bir murojaat ortida inson taqdiri borligi haqida ko‘p gapiriladi.

Darhaqiqat, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini o‘z vaqtida sinchkovlik bilan ko‘rib chiqishda davlat idoralari, tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari shaffof faoliyatini ta’minlash jamiyat hayotida eng muhim va dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishi, ushbu jarayonda qonun ustuvorligiga rioya etgan holda inson huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlari buzilishi, byurokratizm va sansalorlikka yo‘l qo‘ymaslik «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida»gi qonunning asosiy prinsiplaridan biri hisoblanadi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo‘mitasi tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarida ko‘tarilgan masalalar qay darajada hal etilayotgani yuzasidan Tashqi ishlar vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi rahbarlarining axboroti eshitildi.

Yig‘ilishda dastlab tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari E.Hamroyev axborot berdi. Vazirlikning ma’lumotiga ko‘ra, joriy yilning 9 oyi davomida vazirlikka jami 14 ming 641 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, ularda ko‘tarilgan masalalar yuzasidan fuqarolarga tegishli javoblar qaytarilgan. Jumladan, xorijdagi O‘zbekiston fuqarolariga konsullik-huquqiy yordami ko‘rsatish, shaxsni tasdiqlovchi hujjatini yo‘qotgan va moddiy jihatdan qiyin ahvolga tushib qolgan fuqarolarni respublikaga qaytarish, fuqarolarga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishlari xolisona ko‘rib chiqilishi bo‘yicha iltimosnomalar kiritish, vafot etganning jasadlarini O‘zbekistonga olib kelish, tashqi savdo va investitsiya sohasidagi masalalarga oid murojaatlarni hal qilish bo‘yicha vazirlik tomonidan tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilgan.

Eshituv davomida shuningdek, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi boshlig‘i X.Umarovning ham axboroti tinglandi.  

Axborotda keltirilganidek, joriy yilning uchinchi choragi yakuniga qadar Agentlik va uning tuzilmalariga jismoniy va yuridik shaxslardan jami 180 mingdan ortiq murojaat kelib tushgan.  Xususan, o‘tgan vaqt mobaynida xorijda ishlayotgan va xorijda ishlash istagida bo‘lgan fuqarolarning murojaatlariga asosan 201 ming 74 nafar fuqaroga axborot-maslahat xizmatlari, 4 273 nafar mehnat migrantiga huquqiy yordam, 7 191 nafariga moddiy yordam, 3 591 nafar fuqaroga ijtimoiy yordamlar ko‘rsatilgan.  

Mehnat migrantlarining ish haqlari va kompensatsiyalari berilmayotgani haqidagi murojaatlari asosida xorijdagi vakolatli organlar bilan hamkorlikda Rossiya, Koreya va boshqa davlatlardagi xorijiy ish beruvchilardan mehnat migrantlari hisobiga jami 711,7 ming dollar miqdorida ish haqi va kompensatsiyalar undirib berilgan. Shuningdek, og‘ir vaziyatga tushgan 281 nafar fuqaro va xorijda vafot etgan 361 nafar fuqaroning jasadi Vatanga qaytarilishida amaliy yordam ko‘rsatilgan. Davlat xizmatlari agentligi orqali murojaat qilgan 9 108 nafar xorijiy fuqaroga mehnat faoliyati tasdiqnomasi berilgan va ularning muddatlari uzaytirilgan.

Yig‘ilishda deputatlar hozirgi pandemiya sharoitida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarida ko‘tarilayotgan dolzarb masalalar qanday tartibda hal etilayotgani bilan qiziqdi.

Ta’kidlandiki, ayni vaqtda yuridik va jismoniy shaxslar murojaatlarini og‘zaki, yozma va elektron shaklda qabul qilish uchun joriy qilingan innovatsion tizimdan foydalanish, jumladan, elektron murojaatlarni qabul qilish uchun info@migration elektron pochtasi, xorijda moddiy yordamgan muhtoj bo‘lgan mehnat migrantlari uchun birgamiz.com maxsus platformasi, YeXHT bilan hamkorlikda mehnat migratsiyasiga doir maslahat olish uchun https://consalting.labormigration.uz onlayn platformasi, «Callmarkaz» hamda «1282» qisqa raqami tashkil etilgan.

Deputatlar xorijga ishlash maqsadida chiqayotgan fuqarolar uchun chet tillarini bilish va kasbga oid malaka darajasini oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va uni tizimli ravishda amalga oshirishga alohida e’tibor qaratish zarurligini ta’kidladi.

Vazirlik va agentlik tizimida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini takomillashtirish, murojaatlarni hal qilish yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha bir qator taklif va tavsiyalar bildirildi.

Yig‘ilishda kun tartibidagi masalalar yuzasidan qo‘mitaning tegishli qarori qabul qilindi.

30.10.2021

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar