Shavkat Mirziyoyev
“Oʼzbekiston — 2030” strategiyasi mamlakatning barqaror va inklyuziv rivojlanishini taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan va Oʼzbekistonning uzoq muddatli rivojlanish yoʼnalishlarini belgilaydi.
Murojaatlar joyida hal etildi

Andijon shahridagi harbiy qismda O‘zbekiston Respublikasi harbiy prokurori o‘rinbosari, adliya podpolkovnigi Sarvar Muhitdinov sayyor qabul o‘tkazdi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini yangicha tashkil qilish, odamlarni murojaat qilishga majbur qilayotgan muammolarni joyida bartaraf etish bo‘yicha belgilab berilgan muhim vazifalardan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy Prokuraturasi rejasiga ko‘ra tashkil etilgan sayyor qabulda Andijon viloyatidagi harbiy qismlarda xizmat vazifasini o‘tayotgan harbiy xizmatchilar hamda oila a’zolarining turli masalalar yuzasidan  murojaatlari eshitildi.

Harbiy prokuror o‘rinbosari S. Muhitdinov sayyor qabulga kelganlarga Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan “Xalq davlat organlariga emas, balki davlat organlari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan shior jamiyatimizda ustuvor ahamiyat kasb etishini ta’kidlab, murojaat qiluvchilarga ularni qiynayotgan masalalar bo‘yicha taklif, e’tiroz va mavjud muammolarni ochiq-oydin bayon etishlarini so‘radi.

Tadbir davomida harbiylar va ularning oila a’zolari tomonidan asosan, uy-joy olish, ishga joylashish, farzandlarini maktabgacha ta’lim tashkilotiga joylashtirish, shuningdek, xonadonlarida tabiiy gaz ta’minotini yaxshilash bilan bog‘liq murojaatlar bayon etildi.

– Hozirda oila a’zolarim bilan 2 xonali uyda yashayman, – deydi Chaqiriluvchilarni harbiy-texnik mutaxassisliklarga tayyorlash markazi xodimasi Odinaxon Aliyeva. – Yaqinda kelin oldim, uyimiz ikkita oilaga torlik qilmoqda. Shu bois, sayyor qabulda uyimizni kengaytirish yoki yangi uy olishda yordam ko‘rsatilishini so‘rab murojaat qildim. Harbiy prokuror o‘rinbosari imkon qadar yordam ko‘rsatilishini va’da qildi.

Qabulda kichik serjant To‘lqin Yo‘ldoshev oilaviy sharoitidan kelib chiqib, ish joyini uyiga yaqinroq joyga ko‘chirib berishlishini so‘rab murojaat qildi. Uning murojaati shu yerning o‘zida ijobiy hal etildi.

Sayyor qabul davomida qilingan 100 dan ortiq murojaatlarning aksariyati ijobiy hal etildi. Shuningdek, qo‘shimcha o‘rganish yoki bajarilishi ma’lum muddat talab etadigan masalalar ijrosini ta’minlash mudasaddi idoralar rahbarlariga topshirilib, bajarilishi nazoratga olindi.

29.10.2021

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Суғурта фаолиятиПрезидент почтаси19 Sentabr 202427 Sentabr 2024Farg`ona viloyati
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Пиллачилик соҳасига оид масалаларИшонч телефони26 Iyun 20243 Iyul 2024Andijon viloyati
Электр таъминотидаги узилишларИшонч телефони28 Iyun 202419 Iyul 2024Sirdaryo viloyati
Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланишиИшонч телефони1 Iyul 202419 Iyul 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar