2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
O‘zbekiston Qahramonlari yoshlar bilan uchrashdi

Buxoro davlat universitetida “O‘zbekiston Qahramoni" unvoni sovrindorlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Universitet professor-o‘qituvchilari, yoshlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashgan tadbirda Buxoro tumani "Madaniyat Muhammad Ismat" fermer xo‘jaligi rahbari M.Axmedov, Shofirkon tumani "Azim Shofirkon yulduzi" fermer xo‘jaligi rahbari A.Latipov hamda mehnat faxriylari T.Narziyev, M.Raxmatova, M. Temirovalar ibratli hayot yo‘llari haqida gapirib berdi.

– Barchangizga ma’lumki, «O‘zbekiston Qahramoni» unvoni oliy darajadagi mukofot bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining fuqarolariga davlat va xalq oldidagi qahramonona jasorat ko‘rsatish bilan bog‘liq xizmatlari uchun beriladi, – deydi Buxoro davlat universiteti rektori O.Xamidov. – Mamlakatimiz iqtisodiy salohiyatini yuksaltirish, uning jahon miqyosidagi shon-shuhratini oshirish, Vatanimiz obodligi, turmushimiz farovonligini ta’minlash borasidagi katta xizmatlari, so‘nggi yillarda Yangi O‘zbekistonda olib borilayotgan tub islohotlar jarayonidagi tashabbuskorligi, davlat va xalq manfaatlari yo‘lidagi fidokorona mehnati, ishlab chiqarish va ijtimoiy-ma’naviy sohalardagi ko‘p yillik samarali va ibratli faoliyati, yoshlarimizni vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashga qo‘shgan katta hissasi hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun taqdim etiladigan «O‘zbekiston Qahramoni» unvoni har bir vatanparvar o‘zbekning qalbidagi orzusi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Mamlakatimizda o‘z faoliyati, ezgu ishlari bilan ko‘pchilikka ibrat va namuna bo‘layotgan “O‘zbekiston Qahramon”larini ko‘payib borayotgani barchamizni xursand qiladi. Sizlar bilan uchrashish talabalarimizning o‘quv faoliyatida ruh berishiga, ularning shijoatiga shijoat qo‘shishiga ishonaman. Ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatlab, tashrif buyurganingiz benihoya ahamiyatlidir. O‘zbekiston ravnaqiga hissa qo‘shish yo‘lida aslo charchamang.

Tadbir davomida yoshlar O‘zbekiston Qahramonlari bilan dildan suhbatlashdi. Qahramonlar talabalarga o‘zlarining ibratli hayot yo‘llari haqida gapirib berishdi.

– Yurt koriga yarash bu balandparvoz ibora emas, – deydi O‘zbekiston Qahramoni "Madaniyat Muhammad Ismat" fermer xo‘jaligi rahbari M. Axmedov. – Bu mashaqqatli va sharafli hayot yo‘li, halol peshona teri, butun umr Yer bilan tillashish, bedor o‘tgan tun va kunlar deganidir. Bizning mana shu mehnatimizning yuksak darajada qadr topgani bu yurtda barcha islohotlar inson uchun ekanligining dalilidir.

–E’tibor uchun, e’tirof uchun Buxoro davlat universiteti jamoasiga minnatdorlik bildiraman, – deydi O‘zbekiston Qahramoni, mehnat faxriysi M.Raxmatova. – Ushbu davrada aql-zakovati, mehr-oqibati, ilmiy va ijodiy faoliyati bilan tengqurlariga ibrat bo‘lib, go‘zal yurtimizda tinchlik va hamjihatlikni saqlashga beqiyos hissa qo‘shib kelayotgan bo‘lg‘usi “O‘zbekiston qahramonlari” o‘tiribdi. O‘g‘il-qizlarim, Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida fidokorona faoliyat yuritishingizga tilakdoshman. Kelajakda sizday iqtidorli, salohiyatli yoshlarimiz bizning munosib davomchilarimiz bo‘lishiga also shubham yo‘q.

Qizg‘in ruhda, samimiy savol-javoblarga boy tarzda o‘tgan uchrashuv yakunida mehmonlarga universitet rahbariyati tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.

19.10.2021

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Иш ҳақи ва унга тенглаштирилган тўловларни ундиришIshonch telefoni5 Iyun 202117 Iyun 2021Andijon viloyati

Foydali resurslar