2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
“Uch avlod uchrashuvi” elchilar nigohida

Toshkent viloyatining turli millatlar va avlodlarga mansub insonlarini Yuqorichirchiq tumanining “Guliston” mahallasidagi yana bir keng-ahil davrada birlashtirgan navbatdagi doʻstlik va mehr bayrami yuqori notada boshlandi.

Davlat va jamoat tashkilotlari, milliy madaniy markazlar vakillari, Oʻzbekiston Qahramonlari, turli sohalarda fidokorona mehnat qilib el-yurt hurmatini qozongan nuroniylar, faol yoshlar jam boʻlgan bu dilbar festivalda Qozogʻiston, Tojikiston, Qirgʻiz, Turkmaniston respublikalarining mamlakatimizdagi favqulodda va muxtor elchilari, Rossiya va Janubiy Koreyaning Oʻzbekistondagi elchixonalari masʼullari oila aʼzolari bilan ishtirok etgani festivalga oʻzgacha shukuh, barchaga birdek zavq bagʻishladi.

Abdujabbor Rahmonzoda, Tojikistonning Oʻzbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi:

“Bu yerda yigʻilgan uch avlod vakillari – Oʻzbekiston faxri. Bugungi bayramlarda turli millat vakillarini – tojik, oʻzbek, qirgʻiz, qozoq, rus kabi koʻplab xalqlarga mansub vatandoshlarni koʻrishimiz mumkin. Sezilib turibdiki, ular bir tanu bir jon boʻlib, shunday zaminda totuvlik va inoqlikda yashayotganliklaridan juda hursandlar. Bu, albatta, har bir davlat uchun katta yutuqdir. Bu muhitni asrab-avaylash esa har bir vatandosh uchun ham farz, ham qarzdir”.

Bunday doʻstlik-ahillik ayyomiga mezbonlik qilgan “Guliston” mahallasi – Yuqorichirchiq tumanining chekka bir qishloqlaridan biri boʻlib, bu yerda oʻzbek, qozoq, koreys, rus, tatar, tojik, qirgʻiz, turkman va boshqa millatlarga mansub aholi hamjihatlikda totuv hayot kechirmoqda. “Obod qishloq” dasturi asosida qishloqda yangi ijtimoiy soha obyektlari, yoʻllar va boshqa obyektlar yangilangach, Guliston qishlogʻi chin maʼnoda Gulistonga aylandi.

Festivalga tashrif buyurgan diplomatik korpus vakillarining taʼkidlashicha, bu kabi har bir bayramda millatlararo doʻstlik muhiti, avlodlar oʻrtasidagi samimiyat, kattalarga hurmat, kichiklarga izzat koʻrsatish goʻzal bir anʼanaga aylanib bormoqda.

Darxan Satibaldi, Qozogʻiston Respyblikasining Oʻzbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi:

“Jamiyat birlashib borayotganiga guvoh boʻlyapmiz. Yuqorichirchiqda yashovchi turli millat vakillari qachonlardir bu yerdan ketishgan va soʻnggi paytda ularning koʻpchiligi oʻz Vatanlariga qaytib kelishdi. Bu, albatta, katta koʻrsatkich. Koʻp millatli xalq birga yashaydi va ishlaydi, kelajakni birga quradi. Eng asosiysi, bu yerda hukm surayotgan millatlararo totuvlik va tinchlik. Buning hammasi Oʻzbekiston rahbariyatining say-harakatlari tufayli amalga oshmoqda”.

Asli bu bayram Yuqorirchiqda erta tongdan boshlandi. Turli millatlarga mansub taniqli davlat va jamoat arboblari, faol yoshlar soʻnggi yillarda tumanda amalga oshirilgan yirik bunyodkorlik ishlari – Mustaqillik, Alisher Navoiy maydonlari, xotira muzeyi, tennis markazi, ayti park kabi soʻnggi besh yillikdagi yangi obyektlar bilan tanishar ekan, bugungi islohotlarning hayotbaxsh natijalari, yoshlarga yaratib berilgan yuksak imkoniyat-u sharoitlar, koʻpmillatli ahil oila, yagona Vatan – Yangi Oʻzbekistonni barpo qilish yoʻlida bir musht boʻlib birlashish masʼuliyati muloqotlarning asosiy mavzusi boʻldi.

Obodlik, bunyodkorlik harakati mamlakatimizning barcha joyini qamrab olmoqda. Shu bois ham taniqli davlat va jamoat arboblari inson qadrini eng oliy nuqtaga olib chiqqani uchun ham Oʻzbekistonda soʻnggi yillardagi hayotbaxsh islohotlarga tarixiy oʻzgarishlar deb baho bermoqda.

Buyuk maqsadlarning ibtidosi-yu intihosi ezgulikdir. Gulistondagi doʻstlik festivalida ham ezgu niyat, ezgu soʻz, ezgu amal birlashgan nuqtada bunyodkorlik qudrati oʻz soʻzini aytishi koʻp bora taʼkidlandi.

Festivalda milliy-madaniy markazlar faollari tashkil qilgan taqdimotlar, turli tillarda namoyish etilgan badiiy dasturlarda yurtimizda hukm surayotgan millatlararo doʻstlik-totuvlik muhiti tarannum etildi.

Vadim Mitrofanov, Rossiya Federatsiyasining Oʻzbekiston Respublikasidagi elchixonasi maslahatchisi:

“Juda ajoyib bayram. Bu yerda boʻlish va katta-yu kichikning oʻzaro hurmati, ehtiromni koʻrish meni hursand kildi. Ustozlarining erishgan yutuqlari va hayot yoʻli haqida eshitish yosh avlod uchun qiziq va ibratlidir. Turli millatlarning bir yerga jam boʻlgani esa mazkur tadbirning tarbiyaviy ahamiyatini yanada kuchaytiradi. Bu Oʻzbekistonning koʻp millatli davlat ekani va barcha teng huquqli ekanidan dalolatdir”.

Muloqotlarda mamlakatimizda 30-iyul kuni Xalqlar doʻstligi kuni etib belgilangani koʻpmillatli xalqimizni yagona ahil oila sifatida yanada jipslashtirishga xizmat qilayotgani koʻp bora taʼkidlandi.

Islohotlar rivoji, taraqqiyot surʼati avlodlar oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliq ezgu rishtalarni mustahkamlash bilan chambarchas bogʻliq. Mazkur festivalda ham Toshkent viloyatidagi davlat va jamoat arboblari, turli tarmoqlarda mehnat qilayotgan turfa millat vakillari, oʻz sohasida katta yutuqlarga erishgan yoshlar bir safda jamlandi. El-yurt ravnaqiga munosib hissa qoʻshayotgan uch avlod vakillaridan bir guruhiga “Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi” esdalik nishonlari topshirildi.

Guliston mahallasidagi mehr bayrami anchagacha davom etdi. Taniqli sanʼatkorlar, turli millat vakillarining Vatan, doʻstlik, yoshlik, mehr-muhabbat mavzularida yangragan rang-barang kuy-qoʻshiqlarini tinglarkanmiz, ezgulik dillarni dillarga bogʻlashi, qalb sarhadlarini kengaytirishi, mushtarak qadriyatlarni uygʻunlashtirishi va buyuk maqsadlar yoʻlida birlashtirishiga yana bir bor amin boʻldik.

02.10.2021

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Иш ҳақи ва унга тенглаштирилган тўловларни ундиришIshonch telefoni5 Iyun 202117 Iyun 2021Andijon viloyati

Foydali resurslar