2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
O‘tmishdan xotiralar, bugundan shukrona, ertadan umid

Samarqandda o‘tkazilgan “Uch avlod uchrashuvi”ning mohiyati shunday bo‘ldi.

Vatanimiz mustaqilligining o‘ttiz yilligi oldidan “Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik” shiori ostida tashkil etilgan tadbirda viloyatning barcha tuman va shaharlaridan nuroniylar, faollar va yoshlar vakillari ishtirok etdi.

Tadbirlar Samarqand shahridagi Amir Temur haykali poyiga gullar qo‘yish bilan boshlandi.

Shundan so‘ng “Ipak yo‘li” xalqaro turizm universiteti, viloyat axborot-kutubxona markaziga sayyohat uyushtirildi. Ushbu maskanlarda yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoit va imkoniyatlar nuroniylarda hayrat va havas uyg‘otdi.

– Bir umr ta’lim sohasida ishlagan va qariyb asrga tengdosh inson sifatida aytishim mumkinki shu paytgacha bunday maskanlarda ta’lim-tarbiya olish, zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish farzandlarimiz uchun orzu edi, – deydi mehnat faxriysi Do‘pal Nosirova. – Biz o‘qituvchilar ham shunday imkoniyatlarga ega muassasalarda ishlashni orzu qilganmiz. Shukr, bugun nabira va evaralarimizga bu baxt nasib etdi. Xalqaro universitetda talabalar uchun yaratilgan qulayliklar chet eldagi nomdor oliy o‘quv yurtlaridagidan ortiq bo‘lsa, ortiqki kam emas. Viloyat kutubxonasi ham ancha eski bo‘lib, bu yerga keluvchilar qadami siyraklashib qolgandi. Endi esa bu markaz ham yangicha ko‘rinish va imkoniyatlarga ega bo‘libdi. E’tiborlisi, kitobxonlar ham ko‘payib qolibdi.

Nuroniylar va yoshlar Samarqand shahrining yangi aholi massivi – Qorasuvda keyingi yillarda amalga oshirilgan ulkan qurilish-bunyodkorlik ishlari bilan yaqindan tanishdi, quruvchilar va bu yerdagi zamonaviy, ko‘p qavatli uylarda yashovchi aholi bilan samimiy muloqot uyushtirildi. Shuningdek, shahardagi ishlab chiqarish korxonalariga ham sayohat uyushtirildi.

– Bu yangilik va o‘zgarishlar, shahar va qishloqlarimizning yangi qiyofasi, albatta, mustaqillik sharofati, – deydi mehnat faxriysi Salohiddin Bobomurodov. – Lekin hamma ham buni anglamaydi yoki qadriga yetmaydi. Ana shunday fikrdagi kishilarga mana shu Qorasuvni ko‘rsatish, bu yerdagi bunyodkorlik ishlarini aytish kerak. Uzoqdan ko‘zga yarq etib tashlanadigan bu ko‘p qavatli uylar, go‘zal manzara davlatimiz qudrati timsoli. Sobiq ittifoq davrida bu kabi uy-joylar, massivlar bir necha o‘n yilda qurilardi. Hozir-chi, binolarimiz kun sayin ko‘kka bo‘y cho‘zyapti. Katta-yu kichik, shu yurtda yashayotgan har bir fuqaro bu yangilanish jarayonlarining shukronasini qilishi kerak.

Samarqand shahridagi “Nurafshon” madaniyat saroyi hududida bir piyola choy ustida davom etgan “Uch avlod uchrashuvi” avvalida keyingi yillarda viloyatda amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari, odamlar turmush tarzidagi o‘zgarishlar, jamiyat hayotining turli jabhalaridagi islohotlar natijalari aks etgan videorolik namoysh qilindi.

Samarqand viloyati hokimi E.Turdimov tadbir qatnashchilarini Vatanimiz mustaqilligining o‘ttiz yilligi bilan tabrikladi. Viloyat hayotida nuroniylar, o‘rta avlod vakillari va yoshlarning o‘rni haqida so‘z yuritdi.

– Bugun jamiyatga yangi kuch bo‘lib kirib kelayotgan yoshlarni har jihatdan barkamol, bilimli, yetuk mutaxassis bo‘lishini istasak, avvalo ularga namuna bo‘ladigan, ularni to‘g‘ri yo‘lga boshlaydigan otaxon va onaxonlarimiz, o‘rta avlod vakillariga suyanamiz – dedi E.Turdimov. –Ularning hayot yo‘li, pand-nasihatlari, hech shubhasiz, yoshlarimiz uchun chinakam maktab vazifasini o‘taydi. Bir raqamga e’tiboringizni qaratmoqchiman, yil boshidan buyon viloyatda ajrim yoqasiga kelib qolgan 741 ta oilaning 555 tasi qadrli faxriylarimizning yordami bilan, mahallalarda tuzilgan “Buvijonlar maktabi”, “Keksalar maslahati” guruxlari yordamida yarashtirildi. “Har bir nuroniy – beshta yoshga murabbiy” tamoyili asosida 1114 nafar nuroniylarimizga 5570 nafar yoshlar biriktirilib, kasb-hunar o‘rgatildi, hayoti izga tushdi.

Uchrashuvda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yurist, mehnat faxriysi A.Mardiyev, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, shoira X.Bobomurodova va boshqalar yurtimizda inson manfaatlari yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlar natijalari haqida o‘z fikrlarini bayon etdi.

– Kun davomida qadrli nuroniylarimiz yonida yurib, ularning o‘z yoshlik yillari, turmush mashaqqatlari haqidagi hikoyalarini eshitib, biz juda baxtli avlod ekanmiz, degan xulosaga keldik, – deydi Samarqand davlat universiteti talabasi Xurshida Rahmonova. – Sababi – davlatimiz, shaxsan Prezidentimiz biz – yoshlar uchun shuncha e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatmoqda, bizni eshitib, orzu-niyatlarimiz bilan qiziqmoqda va buning uchun sharoit yaratib bermoqda. Ayniqsa, bu yil O‘zbekiston yoshlari hayotida tarixiy burilish davri bo‘ldi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Keyingi 8-9 oyda Prezidentimiz ikki marta yoshlar bilan muloqot qildi. Ana shu uchrashuvlarda bildirilgan fikrlar asosida muhim qarorlar qabul qilindi. Bularning barchasi bugun hayotimizda o‘z ifodasini topmoqda. O‘z navbatida, bugungi tadbirlar bizga katta maktab bo‘ldi, hurmatli otaxon va onajonlarimizning duolarini oldik.

Uchrashuvda elimiz ardog‘idagi san’atkorlar va yosh ijrochilar ishtirokida konsert dasturi namoyish etildi.

30.08.2021

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar